20:10 23 Noyabr 2017
Efir
Vladimir Ilich Lenin vыstupayet na otkrыtii vremennogo pamyatnika Karlu Marksu i Fridrixu Engelsu na ploщadi Revolyutsii. 7 noyabrya 1918 goda.

Revolyutsiya – bu yomon soʻz

© Sputnik/ RIA Novosti
Analitika
Havola olish
110175

Bugun 7 noyabr “Oktyabr revolyutsiyasi”ning 100 yillik yubileyi boʻlishi mumkin edi, lekin aksariyat yoshlar bugun Oktyabr revolyutsiyasi nima ekanligini bilmaydi. Xoʻsh biz ushbu revolyutsiyaga qanday munosabatda boʻlishimiz kerak?

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik, Bekzod Rahmonov. Oktyabr revolyutsiyasi  - ulkan hududda savodsizlikni tugatgan, jamiyatning eng kambagʻal vakillari uchun katta imkoniyatlar yaratgan, fashizm ustidan gʻalaba qozongan, madaniyat, ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarga erishgan — Sovet Ittifoqini yaratdi. 

Shu bilan birga Oktyabr revolyutsiyasi – sobiq Rossiya imperiyasiga ulkan baxtsizliklar ham olib keldi. Oradan 100 yil oʻtgan boʻlsada ushbu mavzuda bahslar haligacha tinmagan.

Birinchidan, Oktyabr revolyutsiyasi – bu noqonuniy, tajovuzkorlik harakati. Hozirgi kunda uni terrorchilik deb atagan boʻlishardi. 2017 yilning (25 oktyabrida) 7 noyabrida Petrogradda Qishki saroyni hujum bilan egallab olishni — Lenin va bolsheviklarning oʻzi ham “oktyabrskiy perevorot”, yaʼni “davlat toʻntarilishi” deb atagan. Revolyutsiya soʻzi ushbu voqealardan bir necha yil oʻtib qoʻllanila boshlagan.

Ikkinchidan, ushbu “davlat toʻntarilishi”, ishchi-dehqonlar  manfaati shiori ostida boʻlib oʻtgan boʻlsada, u oʻsha vaqtdagi Rossiyaning tashqi dushmanlari — Angliya va Germaniya manfaatlariga ham xizmat qilgan. Xususan, Germaniya doimiy ravishda bolsheviklarga moliyaviy yordam koʻrsatib ularni qoʻllab-quvvatlab turgani — tarixiy fakt.

Uchinchidan, “revolyutsiya” tufayli davlat nazorati susayib — turli jinoiy guruhlar faoliyati avjiga chiqqan. Jinoyatchilar, yoki qonunni pisand qilmaydigan kishilar katta-katta davlat lavozimlarini egallab olgan. Buning oqibatida millionlab odamlar nohaq qamalishi yoki butunlay oʻldirib yuborilishiga olib kelgan  - “qatagʻon yillari” va GULAAG lagerlari kelib chiqqan.

Toʻrtinchidan, “Revolyutsiya”– iqtisodiy riavojlanish, zamonaviy korxonalar qurish, sarmoyalar kiritish borasida mamlakatni 30-40 yil orqaga surib yuborgan. Rossiya Federatsiya Kengashi aʼzosi aytishiga qaraganda, hattoki 1970 yillarda ham sobiq SSSR Rossiya Imperiyasining  2013 yildagi (Birinchi jahon urushi oldidan) ayrim iqtisodiy koʻrsatgichlaridan orqada boʻlgan.

Beshinchidan, “Revolyutsiya” tufayli Rossiya ilmiy-texnik, madaniy rivojlanish borasida bir necha oʻn yillab orqada qolib ketgan. Dahshatli ochlik,  qatagʻonlar va jinoyatchilik avjigan chiqqan joyda maʼlumki hech qanday rivojlanish boʻlmaydi. Ustiga ustak — eng yetuk olimlar, mutaxassislar, madaniyat arboblari va ulkan sarmoya egalari – Revolyutsiya tufayli Rossiyani tashlab ketishga majbur boʻlishgan. Keyinchalik, chet elda yashab yurib ular ulkan kashfiyotlar, buyuk adabiy asarlar yaratgani ham fakt.

Oltinchidan, Revolyutsiya tufayli Rossiya hududi bir necha bor parchalanib ketish xavfi ostida qoldi. Rossiyaning chet eldagi raqiblari bunga oʻz hissalarini qoʻshdi, albatta. Bir tomondan Germaniya va Frantsiya Rossiyaning Gʻarbiy hududlariga koʻz olaytirgan boʻlsa, (natijada Finlyandiya Rossiyadan mustaqillika erishdi), ikkinchi tomondan Angliya Oʻrta Osiyo hududida oʻz taʼsirini kuchaytira boshladi. Bu Qirgʻiziston hududida bir necha qoʻzgʻolonlarga olib keldi.

Xoʻsh, bugungi kunda ushbu Oktyabr revolyutsiyasiga qanday munosabatda boʻlish kerak?

Har qanday revolyutsiya noqonuniy, gʻayri insoniy hamda davlat va xalqqa ulkan baxtsizliklar keltiruvchi hodisa ekanini esda tutgan holda,  Oktyabr revolyutsiyasini – birinchidan — tarixiy fakt, ikkinchidan – Rossiya va sobiq Ittifoq mamlakatlari rivojlanish yoʻlida sodir boʻlgan ulkan burilish deb bilish kerak, xolos. Buni unutmaslik kerak.

Afsuski, yaqin oʻtmishda shunday milsol koʻz oldimizda boʻlishi qaramasdan, bizning davrimizda ham, chet edlan turib, sobiq Ittifoq respublikalarining goh unisida goh bunisida revolyutsiya uyushtirish harakatlari hali-hanuz takrorlanmoqda.

Ukraina bunga yaxshi misol boʻlishi mumkin. MDHning eng boy, gullab-yashnayotgan mamlakatlaridan birida 2014 yilda “demokratiya”, “korruptsiyaga qarshi kurash” kabi chiroyli shoirlar ostida, chet ellik mutaxassislar yordamida amalga oshirilgan “revolyutsiya” bugungi kunda oʻzining haqiqiy yuzini koʻrsatdi. Mamlakatni qashshoqlik, urush va terrorga qamrab olgan. Ustiga-ustak ukraina parchalanib ketdi — Qrim va Donbassdan ayrildi.  

Rossiyada ham revolyutsiya uyushtirishga juda koʻp urinishlar boʻlmoqda. Bu yerdagi muxolifat kuchlariga turli yoʻllar bilan ulkan moliyaviy yordam, guyoki “xolisona” OAVlar sahifalaridan turib “mafkuraviy yordam” ham berilmoqda. Buning uchun “millatchilik”, “irqchilik”, “demokratiya” kabi turli yot gʻoyalar ishga solinmoqda, oʻsha-oʻsha bizga yaxshi tanish boʻlgan “demokratiya”, “korruptsiyaga qarshi kurash” kabi shiorlar pesh qilib olingan.

Mana soʻnggi misollardan biri: kuni kecha, 5 noyabr kuni Rossiyada “Xalq birligi” bayrami arafasida 100ga yaqin kishi hibsga olindi. Ular “Artpodgotovka” nomli yashirin tashkilot aʼzolari boʻlib, bayram kuni bir necha maʼmuriy binolarga va politsiya xodimlariga hujum uyushtirmoqchi boʻlishgan ekan.

“Artpodgotovka” guruh aʼzolari aytishiga qaraganda, ular internetda oʻzlarini bir necha million kishi deb his qilishgan ekan, lekin kerakli vaqtda maydonga bor-yoʻgʻi 40-50 kishi chiqqan. Guruh boshligʻi esa chet elga qochib qolishga ulgurgan.

Sobiq Ittifoq respublikalarini bir-biriga qayrashga qaratilgan harakatlar ham zimdan olib borilmoqda. Masalan, internetda biror millat vakili jinoyat qilgan boʻlsa, darhol unin butun millat bilan qiyoslab, oʻsha millatga tamgʻa bosishga harakat qilayotgan “trollar” har qadamda uchramoqda. Yoki Facebookda oʻzini qozoqcha ism bilan atagan kimsa, oʻzbeklar ustidan magʻzava agʻdarib, nizo keltirib chiqarishga harakat qilishi ham tez-tez uchraydigan holat, aslida u Praga yoki Kiyevda oʻtirgan butunlay boshqa millat vakili boʻlishi mumkin.

Shuning uchun, oddiy fuqarolar oʻz tarixini bilgan va uni hurmat qilgan holda, turli igʻvolarga berilmasdan, mustaqil fikriga tayanib yashasa, davlat va xalq farovonligi yoʻlida sofdil mehnat qilsa – hammasi yaxshi boʻladi.

Rossiya OAVlarida esa, soʻnggi vaqtlarda, buyuk rus sarkardasi Aleksandr Nevskiy 13 asrda oʻz avlodlariga vasiyat qilib qoldirgan soʻzlari tez-tez keltirilmoqda — “Gʻarbda mudofaani kuchaytirib, doʻstlarni Sharqdan izlang”…

Asosiy mavzular