04:49 19 Yanvar 2018
Efir
Pogranichnik na uchastke granitsы

Tojikiston va Oʻzbekiston chegara masalasini hal qila oladimi

Analitika
Havola olish
1069 0 0

Tojikiston va Oʻzbekiston chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalasini yechish borasida barcha imkoniyatlarga ega, deb hisoblashmoqda ekspertlar

TOSHKENT, 21 noya — Sputnik, Ilona Yarosh. Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarida "chuqur oʻzgarishlar" yuz berdi, deb qayd etdi Oʻzbekiston TIV. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston elchisi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalalari boʻyicha boʻlajak uchrashuvlar muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur masalani may oyida hal qilishga urinishgan, ammo ayrim savollar ochiq qolgandi. Navbatdagi uchrashuvdan barcha – qoʻshnilar, ekspertlar, eng asosiysi Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari ijobiy yechim kutishmoqda.

"Chegara muammosini hal qilishda maqsadli tamoyillardan kelib chiqish lozim, maqsad esa insonlar hayot darajasini oshirishdir. Bu muammoni qoʻshni davlatlar bilan muntazam nizo sharoitida hal qilib boʻlmaydi. Shu bois navbatdagi uchrashuv darhaqiqat chegara demarkatsiyasi jarayonini oldinga siljitishi mumkin, bunga xalaqit beradigan oʻta printsipial holatlar mavjud emas", —dedi tarixchi, siyosatchi, "Problemы natsionalnoy strategii" jurnali redaktori Ajdar Kurtov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Aslida Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegara bahslari anchadan buyon olib borilmoqda: 1990-yillarda ikki mamlakat bu mavzuda qattiq "janjallashib" qolgan va bir-birlariga achchiq qilib avval aviaqatnovlarni toʻxtatishdi, chegara oldidagi temir yoʻl uchastkasi ham buzib tashlandi.

Bu muammolar kelib chiqishida aybni SSSR hukumatiga agʻdarish ham mumkindek edi. Haqiqatan ham oʻsha davr hukumati ayrim hududlarni qoʻshi respublikalarga xoʻjalik yuritish uchun bergan, lekin ekspertning taʼkidlashicha, bundan maqsad muammo yaratish boʻlmagan.

"Bolsheviklar Markaziy Osiyo chegaralarini britaniyalik mustamlakachilar singari qandaydir muammolar keltirib chiqarish uchun ataylab "kesib chiqishgan" degan fikr notoʻgʻri. Chegaralarni optimal tarzda belgilab chiqish murakkab edi, buning ustiga bolsheviklar quyidagicha tamoyilda harakat qilishgan: ular millat masalasini hisobga olish oʻrniga markazida sanoati rivojlangan shahar boʻlgan yangi davlat tuzumini tashkil etishga urinishgan", — deydi Kurtov.

Umuman olganda, bu nizolar boshlanganiga 20 yildan oshdi va hozirda hududni oʻzlashtirish yoki tarixiy xotiralar asosida bir-biriga yirik markazlarni berish haqida gap bormayapti. Tabiiyki, bunday murakkab jarayoni bir-ikki yil ichida hal boʻlmaydi, deb hisoblamoqda tahlilchilar.

Ammo davlat chegaralari masalalarini hal qilish uchun Tojikiston ham, Oʻzbekiston ham yetarli kuch va resurslarga ega.

"Hozirda Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasida munosabatlar yaxshilanayotganligi koʻzga tashlanmoqda. Albatta, suv-energetika masalasi hozircha kun tartibidan olib tashlangani yoʻq, lekin chegara masalasida shuni qayd etish joizki, Tojikiston uchun Oʻzbekiston orqali temir yoʻldan foydalanish alohida ahamiyatga ega, ayniqsa, respublika mintaqaning "boshi berk" joyida ekanligini inobatga oladigan boʻlsak. Tojikiston rivojlanishi haqida gap ketganida Oʻzbekistonni qanday qilib aylanib oʻtish mumkinligini unchalik tushunmayman", —deb hisoblaydi MDH instituti direktori Vladimir Yevseyev.

Aslida davlatlar koʻplab masalalar boʻyicha oʻz qarashlarini qayta koʻrib chiqishmoqda: aviaqatnov tiklandi, tabiiy gaz sotib olish boʻyicha muddaolar aytildi, ikki mamlakat IIVlari hamkorlik haqida kelishuv imzoladi. Demak, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari mustahkamlanishi va chegara masalasi ham yechilishiga umid qilsa boʻladi.

"Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mavjud barcha muammolarni hal qilsa boʻladi. Chegara bu ikki mamlakatni ajratish uchun qurilgan Buyuk Xitoy devori emas, u xalqlarni yaqinlashtirishga xizmat qiluvchi chiziq", — deydi Kurtov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi davlat chegarasi uzunligi 1332,9 kilometrni tashkil etadi. Ittifoq parchalanganidan soʻng tojik-oʻzbek chegarasining 20%ga yaqini hozirgacha delimitatsiya qilinmay kelmoqda.

Asosiy mavzular