04:50 19 Yanvar 2018
Efir
Yuliy Yusupov

Oʻzbekistonda soliq bosimi naqadar katta?

© Facebook
Analitika
Havola olish
2060110

Oʻzbekistonda valyuta sohasida amalga oshirilgan islohotlardan ilhomlangan iqtisodchi-ekspert Yuliy Yusupov, bu safar soliq tizimini mutlaq qayta qurishni taklif qilmoqda. Iqtisodchining fikriga koʻra, ushbu islohotlar boʻlmasa Oʻzbekistonda biznes rivojlana olmaydi.

TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. Oldingi maqolalarimda men bir necha bor, Oʻzbekistonda soliq bosimi juda yuqori ekanligini aytib oʻtgan edim, Osiyoning eng tez rivojlanayotgan mamlakatlaridagi soliq bosimini Oʻzbekiston bilan solishtirgan edim, deb yozadi Yusupov.

Osiyo Taraqqiyot bankidan olingan maʼlumotlarga koʻra, 2015 yilda Oʻzbekistonda soliq bosimi hududdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan 1,5 — 2 baravar koʻp boʻlgan.

Tab-1
Osiyoning rivojlanatgan mamlakatlarida soliq bosimi OTB

Bunday sharoitda bizning tadbirkorlarimiz qanday kun koʻrishi mumkin? Soliqlar bunday yuqori boʻlsa biz oʻz iqtisodimizga qanday qilib chet el sarmoyalarini jalb qilishimiz mumkin?

Men ishtirok etgan suhbatlarda bizning amaldorlar, doimo, "Nega siz bizni faqat osiyo mamlakatlari bilan solishtirasiz? Masalan, Gʻarbiy Yevropaning ayrim mamlakatlarida (Gollandiya, Shvetsiya, Frantsiya) soliqlar biznikidan ham koʻp!",  - deyishar edi.

Bu borada turli rivojlangan mamlakatlar turli siyosat olib boradi. Ayrim boy davlatlarda haqiqatdan ham soliqlar miqdori katta. Lekin boshqalarida (AQSH, Yaponiya) ular unchalik katta emas.

Birinchidan, Gʻarbiy Yevropada, AQSH va Yaponiyada ham, oldin, aholi kambagʻal boʻlgan vaqtlarda soliqlar miqdori ham bugungidan ancha kam boʻlgan"

Ikkinchidan, ularning oldida tez iqtisodiy rivojlanib, bir necha oʻn yillardan keyin rivojlangan mamlakatlarga yetib olish kabi maqsad yoʻq. Bizni esa — bunday ulkan soliqlar qoʻyishga haqqimiz yoʻq.

Shuning uchun ham men bizdagi soliq bosimini turmush darajasi va iqtisodiy jihatdan Oʻzbekistonga oʻxshagan mamlakatlar bilan solishtirdim.

Mana bu maqolada Jahon banki ekspertlari sobiq Ittifoq mamlakatlaridagi soliq bosimini keltirib oʻtgan.

Sobiq SSSR mamlakatlarida daromad soligʻi miqdori (2012 yil):  

Tab-2
MDH mamlakatlarida soliq bosimi, Jahon banki

Ushbu mamlakatlarda turmush darajasi aynan Oʻzbekistondagidek. Bu Shvetsiya yoki Gollandiya bilan solishtirgandan koʻra toʻgʻriroq. Undan tashqari ushbu mamlakatlar tarixi va mustaqillik yillarida bosib oʻtgan yoʻllari, ijtimoiy toʻlovlar bosimi ham Oʻzbekistonga juda oʻxshash.

Ushbu va undan oldingi grafiklarda koʻrib turganingizdek Oʻzbekistonda boshqa mamlakatlarga nisbatan soliq bosimi juda yuqori.

Bunga javoban bizning amaldorlarimiz "Jahon Banki ekspertlari adashgan. Bizda soliqlar miqdori Gruziya va Estoniyadan baland emas", — deb javob berishdi.

Men soliq eksperti emasman va darhol bunga qarshi argumentlar keltira olmayman. Lekin men iqtisodchiman, shuning uchun men ularga muayyan korxona misolida dalil keltiraman.

Qulay boʻlishi uchun turli mamlakatlarda bir xil biznes yuritadigan xalqaro kompaniyani misol tariqasida olamiz. Masalan, "Bilayn". Men uyda va turli mamlakatlardan safarda boʻlgan vaqtimda ularning xizmatidan tez-tez foydalanib turaman.

Men "Bilayn"dan MDHning yetti mamlakatida soliq bosimi haqidagi maʼlumotlar olishga muvaffaq boʻldim. Ular orasida Oʻzbekiston ham bor.  

Bilayn kompaniyasining daromadi tarkibida soliqlar va turli majburiy toʻlovlar miqdori, 2016 yil, % hisobida:

Tab-3
MDHning yetti mamlakatida soliq bosimi "Bilayn" misolida

Koʻrib turganingizdek, bitta kompaniya, bitta biznes turi va bir xil daromad asosi. Qoʻshimcha qiymat soligʻi va mehnat soligʻi barcha mamlakatlarda alohida hisoblanadi.  

Diagrammadan koʻrinib turibdiki, Oʻzbekistonda "Bilayn"ga soliq bosimi, Ukrainaga nisbatan — ikki baravar, Gruziya, Qirgʻiziston, Qozogʻistonga va Armanistonga nisbatan — 3 baravar va Rossiyaga nisbatan — 6 baravar koʻp.  Koʻrinib turibdi-ki, ushbu koʻrsatgichlar Jahon banki hisob-kitoblariga juda oʻxshash.

Hoʻsh nimaga bunday?  Agar bizning soliqlarimiz "xuddi boshqa mamlakatlardagidek" boʻlsa, nega natija butunlay boshqacha? Buning sababini sinchikov oʻrganib chiqdim.

Foyda soligʻi  

Bilayn toʻlayotgan soliqlarning teng yarmi bu — foyda soligʻi.  "Bizda foyda soligʻi 7,5 % — bu dunyoda eng kichikina stavka", — deb jar solayotgan ayrim mutaxassislar eʼtiborini quyidagi sonlarga qaratmoqchiman.

Tab-4
"Bilayn" amalda toʻlagan foyda soligʻining umumiy daromadga nisbatan %.

Agar haqiqatdan shunday boʻlsa, unda foyda soligʻi 15% boʻlgan Gruziyada, qanday qilib soliq bosimi korxonaning umumiy  daromaddan 0,3 %ini, foyda soligʻi 20% boʻlgan Rossiyada — umumiy daromaddan 1,3 %ini tashkil qilish mumkin?

Keling endi dunyoda eng kam soliq miqdori belgilangan mamlakatda, qanday qilib boshqalardan ancha koʻp soliq toʻlashimizni bilib olaylik.

Birinchidan, soliq bazasi, yaʼni soliq nimadan hisoblanishiga nazar tashlaylik. Boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlar, foyda soligʻini hisoblaganda juda koʻp harajatlarni soliq bazasidan(soliqqa tortiladigan asosdan) chiqarib tashlashlari mumkin.

Oʻzbekistonda esa, xayr-ehson yordamlari miqdori, xodimlarga moddiy yordam miqdori, audit xarajatlari (bir yilda birmarotabadan koʻp boʻlsa), xodimlar tibbiy sugʻurta xarajatlari soliq olish bazasidan chiqrib tashlanmaydi. Turli biznes uchrashuvlar, tadbirlar xarajatlari esa daromadning 1%dan koʻp boʻlmagan miqdorida ruxsat beriladi. Sarmoya xarajatlarini soliq bazasida chiqarish esa — bir necha yilga choʻzib yuboriladi.

Bizda soliq bazasidan chiqariladigan xarajatlar roʻyxati yopiq. Ushbu roʻyxatda boʻlmagan xarajatlar esa, avtomatik ravishda soliq olish bazasiga kiritilmaydi va uni  kamaytirmaydi. Umuman aytganda, Oʻzbekistondagi 7,5 % foyda soligʻi bilan Gruziyadagi 15 % foyda soligʻi orasida ulkan farq bor. Oʻzbekistonda tadbirkorlar sof foydadan tashqari bir talay xarajatlardan ham foyda soligʻi toʻlaydi.

Ikkinchidan, Oʻzbekistonda ayrim sohalarda, jumladan uyali aloqa sohasida ham, eng kam boʻlgan 7,5 %li foyda soligʻidan tashqari 50 %li ustama foyda soligʻi ham bor. Agar uyali aloqa operatori rentabellik darajasi 20%dan oshsa, foydaning oshgan miqdoridan qoʻshimcha 50%li foyda soligʻi ham olinadi. Mana sizga dunyoda eng kam soliq stavkasi…

Eslatib oʻtamiz, tadbirkorlar foyda soligʻidan tashqari yana bir necha xil soliqlar toʻlashi kerak:

8 % — obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma soligʻi = (foyda — foyda soligʻi)*0,08.   

10 % — dividend soligʻi, agar korxona taʼsischisi chet el fuqarosi boʻlsagʻyu, oʻsha mamlakat bilan Oʻzbekiston orasida ikki karra soliqqa torish shartnomasi boʻlmasa.

2750 soʻm — oylik abonent nomeri uchun toʻlov soligʻi. (Boshqa mamlakatlarda bunday toʻlov umuman yoʻq. Shuning uchun ham bizda abonent toʻlovi boʻlmagan tariflar yoʻq)  

Daromad (kirim) soliqlari  

Oʻzbekistonda umumiy tartibda soliq toʻlaydigan barcha korxonalar Respublika Yoʻl fondiga (1,4 %), Byudjetdan tashqari Nafaqa fondiga (1,6 %), Taʼlim muassasalarini taʼmirlash fondiga (0,5%) — jami 3,5 %  soliq toʻlanadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu soliq korxonaga kelib tushgan barcha mablagʻlardan (umumiy kirim) miqdoridan toʻlanadi.

Men oldin ham bir necha marotaba aytgan edim. Oʻzbekistonda mehnat taqsimotining yuqori darajada rivojlanishining asosiy dushmani, bu — daromad soliqlari. Ushbu soliq bizning iqtisodga yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishga yoʻl ochib bermaydi.   

Daromad soligʻi — miqdori boʻyicha "Bilayn" Oʻzbekistonda toʻlayotgan soliqlar orasida uchinchi oʻrinda turadi. Qoʻshimcha qiymat va mehnat soliqlarini hisobga olmaganda.

Qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS)

Qoʻshimcha qiymat soligʻigʻi Oʻzbekistonda eng yuqori — 20 %,  Rossiya va Gruziyada — 18 %, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda — 12 %.

Undan tashqari, ushbu soliqning Oʻzbekistonda oʻziga xos xususiyatlari bor. Masalan, agar siz ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxidan arzonga sotsangiz yoki biror davlat yoki nodavlat tashkilotiga bepul ravishda topshirsangiz, Qoʻshimcha qiymat soligʻini baribir toʻlaysiz (mahsulot tannarxidan).

Yana bir muammo, Oʻzbekistonda QQS toʻlov tizimida uzilishlar juda koʻp, chunki koʻp koxonalar QQSsiz soliq tizimida ishlaydi. Agar siz oldin QQS toʻlamagan korxonadan biror nima sotib olsangiz, uni toʻliq miqdorda oʻz yoningizdan toʻlashga majbur boʻlasiz. Bunday holda QQS  20 %li daromad soligʻiga aylanadi.

Mehnat soliqlari

Yaqinda chop etilgan maqolada Mansur Tangishov Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardagi mehnat soliqlari miqdorini hisoblab chiqqan. Unga koʻra biz yana "hammadan oldinda".

Jismoniy shaxslar oyligida daromad  va ijtimoiy soliqlar miqdori, % hisobida:

tab-5
MDH mamlakatlarida jismoniy shaxslar daromad va ijtimoiy soliqlari miqdori

Koʻrib turganingizdek, QQS va mehnat soliqlari miqdorini hisobga olganda, Oʻzbekiston va biz koʻrib chiqayotgan mamlakatlar orasidagi farq yanada kattalashadi.

Toʻgʻri, Frantsiya yoki Shvetsiyada soliqlar bundan ham koʻp boʻlishi mumkin, lekin lekin bizda daromad va iqtisod rivojlanish darajasi ham turlicha. Ikkinchidan, soliqlar miqdori yuqori boʻlgan mamlakatlarda, shunga yarasha sifatli tibbiyot va sifatli oʻrta va oliy taʼlim xizmatlari ham bepul. Shuningdek, jamiyatning barcha toifalariga qaratilgan kuchli ijtimoiy himoya tizimi ham bor.

Balkim Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan tashqi mehnat migratsiyasi muammosining tub negizida ham aynan shu muammo yotgandir. Balkim iqtisod va tadbirkorlar boʻyniga boʻgʻma ilondek yopishgan ushbu soliqlar, tufayli yangi korxonalar, yangi ish oʻrinlari tashkil qilinmayotgandir?

Agar bir samarali iqtisod yaratmoqchi boʻlsak, bizning soliqlarimiz miqdori, nima sababdan biz kabi rivojlanayotgan mamlakatlarnikidan koʻra koʻproq boʻlishi kerak?

Xulosa yoki ushbu vaziyatda nima qilishimiz kerak?

Men bu haqida juda koʻp yozganman va  yana bir marotaba takrorlayman:

1. Soliq tizimini toʻliq qayta isloh qilish kerak: barcha katta va kichik korxonalarni yagona soliq tizimiga oʻtkazib, soliq bosimini keskin darajada kamaytirish kerak. Xususan, quyidagi soliqlarni bekor qilish kerak:

— daromad (kirim) soliqlarini bekor qilish (umumiy tartibdagi korxonalar uchun);

— soliqlar sonini keskin kamaytirish, (abonent nomeri uchun toʻlov kabi, koʻz koʻrib quloq eshitmagan soliqlarni bekor qilish)

— soliq foizlarini kamaytirish;

— Sarmoya xarajatlarida 100 %li amortizatsiya va QQSni qaytarish tizimini ishga tushirish;

2. Aksariyat korxonalarni QQS soliq tizimida ishlashga jalb qilish yoki AQSH va Yaponida boʻlgani kabi chakana savdo soligʻi kiritish.

3. Mehnat soliqlarini keskin kamaytirish.  Solq olishing progressiv tizimidan yagona stavka tizimiga oʻtish. Bu mamlakatda oyliklar oshishi uchun yaxshi stimul boʻlishi mumkin.

4. Turli shaxsiy va soha soliqlarini bekor qilish. Kelajakda soliqqa tortishning turli-tuman tizimlaridan voz kechib, yagona tizimga kelish.

5. Soliq jamlash va soliq hisoboti tizimini soddalashtirish

Asosiy mavzular