04:50 19 Yanvar 2018
Efir
Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In

Oʻzbekiston uchun kurashda nega Janubiy Koreya gʻolib chiqdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Analitika
Havola olish
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)
1529111

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan haftada oʻzining eng uzoq davom etgan davlat tashrifini amalga oshirdi. Toʻrt kun davomida prezident boshchiligidagi oʻzbek delegatsiyasi Janubiy Koreyada qiymati 10 milliard dollardan ortiq 60dan ortiq hujjatlar imzolandi

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Nima uchun Janubiy Koreya Oʻzbekistonning azaliy hamkorlari – Rossiya va Xitoyni surib chiqardi va AQShdan oʻzib ketdi – bu haqda Sputnik muxbiri mulohaza yuritadi

Oqilona moʻljal

Janubiy Koreyaga tashrif Shavkat Mirziyoyev uchun ilk xorijiy safar emasdi. Prezident bunga qadar mintaqadagi asosiy geosiyosiy ishtirokchilar – Rossiya, Xitoy, AQSH va Turkiyaga hamda mintaqa davlatlari – Qozogʻiston, Turkmaniston va Qirgʻizistonga tashrif buyurgandi. Barcha tashriflar davomida milliardlab dollarlik loyihalarni amalga oshirish, savdo va hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Ammo bu kelishuvlarni ilgaridan kutilgan deb aytish mumkin. Koʻplab hujjat imzolashni xush koʻradigan Xitoy oʻz pullarini Oʻzbekiston orqali oʻz ishlab chiqarishiga qayta investitsiya qilishni koʻzlagan. Masalan, Xitoy kompaniyalari kichik va oʻrta GESlar qurilishi bilan shugʻullanmoqda, geologik razvedkani faollashtirmoqda, qurilish materiallari, kimyo ishlab chiqarishi sohasida qoʻshma korxonalar tashkil etmoqda, "Xavfsiz shahar" tizimi unsurlarini yaratmoqda.

Bunda bir narsani tushunish muhim, oʻzbek hukumati Xitoyning yumshoq iqtisodiy istilosiga ehtiyotkorona yondoshadi va sherigining kelajakda xoʻjayinga aylanib qolmasligi uchun hamkorlik yoʻnalishlarini oʻzi belgilaydi. Bundan tashqari, Xitoy xalqaro maydonda, xususan, qoʻshnilar bilan nizolarda oʻzini faol namoyon qilmoqda, Oʻzbekiston esa oʻzgalarning janjaliga aralashmaslikni maʼqul koʻradi.

Respublika Rossiya bilan munosabatlarda yangi uygʻonish davrini boshidan kechirmoqda. Lekin ijobiy oʻsishni eʼtirof etgan holda yana bir narsani qayd etish joiz, shimoldagi "katta ogʻa"ning ham oʻz tashvishlari yetarli. Shu bois u Oʻzbekistonga zarur darajada vosita va eʼtibor ajrata olmaydi. Bundan tashqari, Rossiyaga tashrif davomida imzolangan aksariyat shartnomalar ortida davlat emas, kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan Rossiyadagi biznesmenlar turibdi.

Janubiy Koreya bu borada moliyaviy imkoniyatlar va umumiy mentalitet ajoyib tarzda qorishgan, koʻplab ijobiy jihatlarga ega boʻlgan mamlakat hisoblanadi.

Birinchidan, bu davlat Xitoy, Rossiya, AQSH va Turkiya kabi global geosiyosiy maqsadlarni koʻzlamaydi. Toʻgʻri, koreyaliklarning oʻz milliy manfaatlari mavjud, lekin ular boshqa davlatlarning ishlariga aralashishmaydi, dunyoda yakkahokim boʻlishga yoki boshqa mamlakatlarni iqtisodiy qaram qilishga intilishmaydi. Bu esa Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov milliy miqyosdagi strategik loyihalarni amalga oshirishni ishonib topshirgan yagona davlat nima uchun aynan Janubiy Koreya boʻlganligini tasdiqlaydi. Karimov hamkor tanlashda qanchalik ehtiyotkor boʻlganligini esa uzoq vaqt davomida kalta arqonda tutib turilgan oʻsha Turkiya, Rossiya, AQSH va Xitoy yaxshi biladi.

Eng avvalo modernizatsiya

Janubiy Koreya bugungi kunda Oʻzbekistonning nafaqat asosiy investorlaridan biri, balki milliy iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimini zamonaviylashtirish va raqamlashtirishdagi yetakchi hamkori hamdir.

Aynan Janubiy koreyalik ekspertlar mamlakat "elektron hukumati"ni qurishni boshlashgandi va bu ishni davom ettirishmoqda. Koreya davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirining birinchi oʻrinbosari Kim Nam Sok toʻrt yil davomida respublikada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari sifatida, yana bir ekspert Li Chul Su esa Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori sifatida faoliyat koʻrsatdi.

Yaqinda esa yangi tayinlovlar haqida maʼlum qilindi. Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisi boʻldi, ekspert Jung Song Choi esa qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bularning barchasi esa oʻzbek hukumati koreyaliklarni davlat boshqaruvining asosiy boʻgʻinlariga kiritishdan qoʻrqmasliklarini bildiradi. Va bu hamkorlik yanada mustahkamlanadi, zero aynan LG CNS Uzbekistan Oʻzbekiston-Janubiy Koreya qoʻshma korxonasi oʻzbek jamiyati hayotining turli sohalarini raqamlashtirishni modernizatsiya qilish boʻyicha qator strategik loyihalarni amalga oshiradi.

Koreya Respublikasi Oʻzbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yetakchi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2016 yil yakunlariga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar almashuv hajmi bir milliard dollardan oshdi. Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi davlatlar bilan tovar almashuvida Oʻzbekistonning hissasi deyarli 50 foizni tashkil etadi.

Janubiy Koreya albatta barcha moliyaviy resurslarini butun dunyo baxtli boʻlishi uchun sochib tashlashga tayyor xayriya tashkiloti emas. U Oʻzbekistonda nafaqat oʻz mahsulotlarini mintaqa va uning tashqarisida sotish uchun tayanchni, balki jadal Koreya iqtisodiyoti uchun zarur xom ashyo resurslari va ishchi kuchini ham koʻradi.

Shu bois koreyaliklar Oʻzbekistonda kremniy va volfram konlarida ish olib borishmoqda, texnik kremniy ishlab chiqarish boʻyicha ikkita zavodni ishga tushirishdi,"Sautbay" koni negizida volfram qazish bilan shugʻullanadigan MDHdagi eng yirik majmuani qurishmoqda. Mirziyoyevning tashrifi natijalari orqali koreyaliklar yangi loyihalarga ega boʻlishdi. Ular nafaqat yangi maydonlarda neft va gaz qidirish bilan shugʻullanishadi, balki strategik oltin konlarini oʻrganish va ishlab chiqish bilan ham shugʻullanishadi.

Bundan tashqari, oʻzbek uranini yetkazib berish boʻyicha ham savdo kelishuvi imzolandi. Tomonlar kelishuv tafsilotlarini maʼlum qilmadi, lekin shunisi aniqki, u uzoq muddatli shartnoma hisoblanadi. Oʻzbekiston zamonaviy neft-gaz sanoatining yalovbardori – Janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida bunyod etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasini ham unutmaslik lozim.

Mehnat migratsiyasi yoʻnalishidagi hamkorlik ham tomonlar uchun muhim sanaladi. Oʻzbekiston Janubiy Koreyaga mehnat migrantlarini joʻnatish huquqiga ega kam sonli davlatlardan biriga aylangan. 2007-2017 yillarda erkin yollash tizimi boʻyicha 27 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari ushbu mamlakatga ishga joʻnatilgan. Hozirda Janubiy Koreyada 16,5 mingdan ortiq oʻzbekistonliklar mehnat qilmoqda.

Koreyaliklar Toshkent markazida qiymati 1,4 milliard dollarlik innovatsion shaharcha barpo etishi ham koʻzda tutilgan. Loyiha doirasida 60 gektardan ortiq maydonda ulkan majmua bunyod etiladi. Bu yerda xususan, yuqori texnologiyalar asosida zamonaviy ofis va turarjoy binolari, koʻngilochar-savdo maydonlari quriladi.

Yana bir ulkan loyiha esa mintaqa va MDH davlatlari bozorlarini qamrab olishi rejalashtirilgan yangi avtomobil zavodi qurilishidir. Respublikada Hyundai avtomobillari turkum ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi. Zavodda kichik, oʻrta va ogʻir hajmdagi yuk mashinalari, shahar ichi, shaharlararo va turistik avtobuslar, maxsus avtomobillar ishlab chiqariladi. Loyihaning umumiy qiymati 200 million dollarni tashkil etadi.

Madaniy yoʻnalish

Oʻzbekiston taqdir taqozosi bilan koʻplab koreyaliklarning vataniga aylanganligi ham ikki davlatning mustahkam munosabatlarida oʻziga xos ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston ravnaqida koʻp sonli koreys diasporasi ham muhim oʻrin tutadi, diaspora vakillari orasida respublikaning har ikki palatasi aʼzolari bor, davlat tuzilmasidagi yuqori lavozimlarda ishlab kelishmoqda. Masalan, Valeriy Tyan Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasini 15 yil davomida boshqardi, Agrepina Shin esa yaqindagina tashkil etilgan Maktabgacha taʼlim vaziri etib tayinlandi. Umuman olganda, MDHda eng yirik koreys diasporasi respublikada boʻlib, ularning soni 180 ming kishidan ortiq va soni boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turadi.

Bu fakt madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkentda Janubiy Koreyaning yetakchi oliy oʻquv yurtlaridan biri – Inxa universiteti faoliyat koʻrsatmoqda. Kelgusida yana bir nechta – Inxa universiteti Tibbiyot maktabi, Yoju texnologiya universiteti va boshqa oʻquv dargohlari ochilishi rejalashtirilgan.

Mavzu:
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (71)

Asosiy mavzular