04:56 19 Yanvar 2018
Efir
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani

Ashraf Gʻani Oʻzbekistonga nima maqsadda kelmoqda?

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Analitika
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
139070

Albatta, bu yerda barchani xavfsizlik masalalari qiziqtirmoqda. Siyosatshunos Qodirovga koʻra, Afgʻonistondagi tinchlik missiyasini bajarayotgan AQSH harbiylari vaziyatni barqaror saqlab tura oladi.

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Shu yilning 4 dekabr kuni Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni rivojlantirishga doir qadamlar 29 noyabr kuni qoʻyildi — shu kuni Afgʻoniston poytaxti Qobul shahridan ilk samolyot toʻgʻridan-toʻgʻri Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.

Ushbu tashrifdan maqsad nima? Afgʻoniston tomon qanday takliflar bildiradi? Oʻzbekistonni rejalari qanday? Bu haqda ekspertlar bildirgan fikrlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Iliqlashuv bor, lekin toʻsiqlar ham yoʻq emas…

Siyosatshunos Muhammadjon Qodirovga koʻra, bu tashrif asnosida Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarida yaqin qoʻshnichilik munosabatlarining yanada iliqlashishi kutilmoqda. Bir vaqtning oʻzida bu ikkala davlat oʻrtasidagi munosabatlarda ayrim toʻsiqlar boʻlishi ham mumkin.

Oʻtgan asrning 80-yillarida Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchixonasida maslahatchi boʻlib faoliyat koʻrsatgan Qodirovga koʻra, Afgʻonistonda iqtisodda, maʼnaviy hayotda davlatning oʻrni anchayin pastligi, Oʻzbekistonda esa aksincha, ushbu sohalarda davlat muhim rol oʻynashi, ikkala davlatning oʻzaro hamkorligi toʻlaqonli amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilishi mumkin. Chunki, tijoratda erkinlikka koʻnikkan afgʻonlarga Oʻzbekistondagi tijorat va xususiy tadbirkorlik borasidagi tartib-qoidalar, meʼyorlar yoqmasligi mumkin.

Savdo-sotiq, konlar va TAPI

Ekspert fikricha, ikkala davlatning bugungi kunda oʻzaro manfaatdor boʻlgan sohalari talaygina. Bu, avvalambor, afgʻon tomonini qiziqtirayotgan savdo-sotiq sohasi. Afgʻoniston oʻz tovarlari bozorini kengaytirish bilan bir vaqtda, oʻzbek tovarlari bilan jahon maydonida sovdo qilishga qiziqish bildirishi mumkin.

Bunda tashqari, Afgʻonistonda bugungi kungacha foydalanilmayotgan temir rudasi, mis konlarining mavjudligi ularni ushbu sohada Oʻzbekiston bilan muzokaralar olib borishga undashi mumkin.

Ismini oshkor etishni xohlamagan yana bir ekspert esa Afgʻoniston prezidentini qiziqtirgan bosh masala bu — CASA-1000 (Afgʻoniston, Pokiston, Tojikiston va Qirgʻiziston davlatlarini oʻzida mujassam qilgan energetik loyiha) va  (Turkmaniston-Afgʻoniston-Pokiston-Hindiston) transmilliy gaz quvuri loyihalariga Oʻzbekiston tomonini jalb etish, degan fikrni bildirdi.

Mazkur loyihalar Afgʻonistonni mintaqadagi energetika tizimidagi bosh boʻgʻinga aylantiradi. Oʻzbekiston Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻanining mazkur taklifiga qiziqish bildirishi mumkin, deya taxmin qildi ekspert.

Ekspert Qodirov ikki davlat energetika, temir yoʻl qurilishi sohalarida muzokaralar oʻtkazishi, Afgʻon tomoni Oʻzbekistonda yaxshi rivojlangan sanoat sohasini rivojlantirishda yordam soʻrashi mumkinligini qayd etdi.

Mutaxassisga koʻra qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik borasida qandaydir muzokaralar uyushtirilishiga shubha bor.

Afgʻonistonda qishloq xoʻjaligi xususiy qoʻllardaligi, bunda davlatning oʻrni deyarli yoʻqligi sababli, Afgʻon hukumati bu borada yirik takliflar kiritmaydi. Shunga qaramay, Oʻzbekiston tomoni loviya, mosh kabi dukkakli ekinlar, goʻsht xarid qilish borasida takliflar kiritishi mumkiligini bildirdi.

Xavfsizlik masalalari nima boʻladi?

Albatta, bu yerda barchani xavfsizlik masalalari qiziqtirmoqda. Siyosatshunos Qodirovga koʻra, Afgʻonistondagi tinchlik missiyasini bajarayotgan AQSH harbiylari vaziyatni barqaror saqlab tura oladi.

Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni taʼminlashning muhim sharti boʻlib qolishi haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMTning 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida alohida taʼkidlagan edi.

Mirziyoyev Afgʻonistonda tinchlikka erishish uchun markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar oʻrtasida oldindan hech qanday shart qoʻymasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot olib borilishi tarafdori ekanligini maʼlum qilgandi.

"Bu jafokash yurtda tinchlik oʻrnatishga koʻmaklashish yoʻlidagi bizning umumiy qatʼiy harakatlarimiz aslo susaymasligi lozim", — deb fikr bildirgan Mirziyoyev qanchalik haq boʻlganini vaqt, albatta, koʻrsatadi.

Chunki, har qanday tashqi kuchlar aralashuviga qaramasdan, oradan maʼlum vaqt oʻtib, Afgʻoniston masalasi baribir shu mintaqada joylashgan mamlakatlar zimmasiga tushishi aniq. Shunday ekan, nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqadagi barcha mamlakatlar Afgʻoniston boʻyicha oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, uning iqtisodiy tiklanishi, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, xuddi Oʻzbekiston singari kirishishlari lozim, chunki bu nafaqat Afgʻoniston, balki mintaqadagi har bir davlat taraqqiyoti garovidir, deb oʻz fikrini yakunladi Qodirov.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular