04:50 19 Yanvar 2018
Efir
Shavkat Mirziyoyev posetil v Yashnabadskiy rayon

Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekiston aholisining necha foizi ishonch bildirishi maʼlum boʻldi

© facebook.com
Analitika
Havola olish
112031

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan iyul oyida oʻtkazilgan soʻrovlarda Mirziyoyevga soʻrov ishtirokchilarining 92,4 foizi ishonch bildirgandi

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Oʻzbekistonni bir yildan buyon boshqarib kelayotgan prezident Shavkat Mirziyoyevga respublika aholisining 93,1 foizi ishonch bildiradi, deb maʼlum qildi "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi.

"Soʻrov natijalariga koʻra, mamlakat prezidentining ishonch reytingi 93,1 foizga oʻsgan", — deyiladi press-relizda.

Soʻrov maʼlumotlariga koʻra, qatnashchilarning 90,2%i mamlakat prezidenti olib borayotgan siyosat aholining orzu-umidlarini toʻliq oqladi, deb hisoblaydi.

Soʻrovda ishtirok etganlarning 93,1%i Oʻzbekiston 2017 yilda "barcha sohalarda" muvaffaqiyatga erishdi, degan fikrda. Bunda fuqarolarning 90,7%i xalqaro maydonda mamlakat manfaatlarining olgʻa surilishini toʻlaligicha qoʻllab-quvvatlaydi.

"Soʻrov qatnashchilarining fikricha, ayniqsa davlat rahbarining qoʻshni davlatlar bilan aloqalarni faollashtirishi, ahil qoʻshnichilik, doʻstona, sheriklik va oʻzaro manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyish borasidagi saʼy-harakatlari alohida tahsinga loyiq", — deyiladi "Ijtimoiy fikr" xulosasida.

Soʻrov Oʻzbekistonning 12 viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida oʻtkazildi. Unda 1,1 ming kishi ishtirok etdi, ulardan 49,1%i erkaklar, 50,9%i ayollar, shaharda yashovchilar 51%, qishloqda yashovchilar 49%. Soʻrovda 18 yoshdan boshlab turli yosh guruhlari vakillari qatnashdi.

Shu yilning iyul oyida oʻtkazilgan ana shunday soʻrovda Mirziyoyevga ishtirokchilarning 92,4 foizi ishonch bildirgandi.

2016 yilning sentyabrida Oʻzbekistonni 1989 yildan buyon boshqarib kelgan prezident Islom Karimov vafot etdi. Oʻtgan yilning 4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida Shavkat Mirziyoyev gʻalaba qozondi.

Asosiy mavzular