12:14 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident Rossii Vladimir Putin na ispыtaniyax istrebitelya T-50

Yana bir kurashga shaylangan Putinning "gʻalaba"lari

© Sputnik/ Aleksey Drujinin
Analitika
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
2940130

American boys, qizlar nega ularga turmushga chiqmasligi, shanbaning xosiyati, Ulugʻ Vatan urushi va doping gʻalvasi haqida

Koʻpchilikning yodida, bir paytlar Rossiyada "Amerikalik yigit, oʻzing bilan olib ket", degan yarim ingliz, yarim rus jumlalar jaranglaydigan qoʻshiq ommalashgan edi. Paytlar boʻlgan, rus qizlari amerikalikka turmushga chiqishni, rus yigitlari amerikalik boʻlishni orzu qilardi. Qayd etilgan qoʻshiq ham bekorga kuylanmagan va bekorga ommalashmagan. Oʻz davrida ommaning kayfiyatini ifodalagan edi.

Boris Yeltsinning demokratik boshqaruvi jarayonida oʻtmishning yoppasiga qoralanishi, qadriyatlarning oyoqosti qilinishi ular bilan bir vaqtda millatning oʻziga ishonchi va qadr-qimmati yerparchin boʻlishiga olib kelgan, bir davlat fuqarolari oʻzligini unutib, boshqa mamlakatni orzu qilib qolgan edi.

Bugun Rossiyada shu kayfiyat yoʻq. Hech kim amerikaliklarga pastdan turib boqmaydi. Chet ellarda boʻlganlar u yoqlarda rus ayollari oʻzlarini bosiq, gʻururli tutishini, oʻz qadrini bilishlarini aytadi.

Xoʻsh, xalqda milliy gʻurur, oʻziga ishonch qanday paydo boʻldi?

Biroz gʻalati tuyular — bularning barchasi Vladimir Putin sababli yuzaga keldi. U davlat rahbari etib saylangandan keyin, xalqni milliy gʻoya atrofida birlashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Shuningdek, xalqqa oʻzining qadr-qimmatini koʻrsatadigan, oʻziga ishonchni oshiradigan mafkura zarur edi.

Shunday gʻoya sifatida ikkinchi jahon urushi tanlandi.

Prezident Ulugʻ Vatan urushini milliy gʻoyaga aylantirib, millatni uning atrofda birlashtirdi. Bu oʻrinda gap urushda ham emas, gap gʻalabada. Millat oʻzining yaxlitligini his etishi uchun barcha aʼzolari shaxsan daxldorlik hissini tuyuvchi umumiy nimadir boʻlishi lozim.

Masalan, partiyalar xalqni birlashtirmaydi, pul, boylik ham bu ishni uddalolmaydi. Rossiyadek ulkan davlatda barcha uchun umumiy boʻlgan milliy anʼanalar ham mavjud emas. Gʻalaba esa — juda mos keladi. Zero, barchaning unga daxldorligi boʻlgani holda, xalq gʻoliblarni yoqtiradi, oʻzini ularning qatorida koʻrishni istaydi.

Urush haqidagi filmlar, Georgiy tasmasi, paradlar, "Oʻlmas polk" — bularning barchasi shu gʻoyaga xizmat qildi va xalqda oʻsha gʻalabaga daxldorlik tuygʻusini uygʻotdi. Millatning oʻziga ishonchini oshishiga, gʻururi uygʻonishiga sabab boʻldi.

Yahudiylarning mashhur iborasini eslang: "yahudiylar shanbani qanchalar saqlasalar, shanba yahudiylarni shuncha asradi".

Millatni birlashtiruvchi gʻoyada mayda-chuydalar boʻlmaydi.

Iqtisodsiz, gʻoyaning oʻzi bilan bu darajaga erishib boʻlmasdi, albatta. 90-yillarning boshboshdoqliklari jarayonida davlat mulki talon-toroj qilinib, yer osti boyliklari bir tutam epchillar qoʻliga oʻtib ketganda va ular davlat manfaatlari uchun xizmat qilish oʻrniga, teskari amallarini bajara boshlaganda, Putin sohani tartibga solishga jazm etdi. Bunda uning xavfsizlik tizimda ishlagani va huquq-tartibot organlari xizmat faoliyatini yaxshi bilishi qoʻl kelgan boʻlsa ajab emas. Natijada milliy boyliklar boyliklari davlat va millat manfaatlari uchun xizmat qilishga erishildi.

Bularning barchasi davlatning iqtisodiy qudrati oshishiga, uning ortidan oʻziga toʻq fuqarolarning koʻpayishiga olib keldi.

Albatta, oʻz gʻururini tanigan, birovga boʻysunishni istamaydigan kishiniyam, davlatni ham yoqtirishmaydi. Shundan boʻlsa kerak, bir paytlardagi gʻurursiz, oʻz muammosi bilan oʻralashib qolgan, och-nahor Rossiyadan koʻra, bugungi oʻziga toʻq Rossiyaning dushmanlari koʻproq.

Birgina sport sohasini oling. Kun yoʻq-ki, Rossiya sportchilari aralashgan doping mashmashasi chiqmasa. Sport xalqning oʻziga ishonchini oshiruvchi, jipslashtiruvchi jabha. Uning oʻzi emas, albatta, undagi gʻalabalar millatni gʻururlantiradi. Gʻalabani olib qoʻyish esa, millatning gʻururiga raxna soladi.

Putin yuritayotgan tashqi siyosat haqida soʻzlaganda, aytish lozimki, ayrim davlatlardan farqli oʻlaroq, demokratiyani joriy qilish bahonasida tinch, farovon yashayotgan davlatlar ichki ishlariga aralashmaslikni maʼqul koʻrishining oʻziyoq, uning anchayin maqulligini koʻrsatib, sohibini ayrimlardan uni bir pogʻona yuqoriga olib chiqadi.

Bir paytlar, Putin Bosh vazir etib tayinlangan davrlarda "Argumentы i faktы" gazetasi gap orasida "bosh vazirimiz gapirishni oʻrganmoqda", deganga oʻxshash jumlani qistirib oʻtgan edi.

Putin, ilgarigi kasbi yopiqlikni talab qilishi, shunga koʻnikkaniga qaramay, dunyo siyosatiga siyosatga ochiqlik va yengillik olib kirdi.

Ungacha hech bir davlat rahbari xalq bilan bu qadar ochiq muloqot qilmagan. Bu orada mukammal notiqlikniyam oʻrganib oldi. Deylik, uning har yillik matbuot anjumani har qanday tok-shoudan koʻra shov-shuvliroq, qiziqarliroq oʻtadi. Bu faqat Prezident davlat ahamiyatiga molik gaplarni aytgani uchungina emas, balki, uning shaxs sifatida ham jozibasi borligi, hozirjavobligi va yaxshi notiqligidan. Uni tinglab har doim: Rossiya toʻgʻri va eng maqbul yoʻldan bormoqda, deb oʻylaysiz; Rossiya hech nimada aybdor emas, degan xulosaga kelasiz v shularga qattiq ishonasiz.

Yeltsin Rossiya uchun, xalqi uchun koʻp yaxshiliklar qildi, lekin uning tarix oldidagi eng katta ishi, faoliyatidagi asosiy yutugʻi — Putinni davlat tepasiga kelishiga sababchi boʻlgani. Chunki Putin kundan kunga ortga ketib borayotgan Rossiyani qaytadan dunyoning eng yirik mamlakatlari qatoriga olib chiqdi.

Asosiy mavzular