04:50 19 Yanvar 2018
Efir
Sotrudnik sil bezopasnosti Afganistana

ISHID jangarilari afgʻon-turkman chegarasida oʻrnashib olmoqda

© AFP 2018/ FARSHAD USYAN
Analitika
Havola olish
265502

Suriyadan quvilgan yuzlab ISHID jangarilari Oʻzbekiston chegarasiga juda yaqin masofada joylashib olmoqda. Jangarilar orasida MDH mamlakatlari fuqarolari ham bor.

TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Ashraf Gʻani Toshkentda Oʻzbekiston bilan temir yoʻl qurish, ikkinchi elektr uzatish liniyasi oʻtkazish va boshqa bir talay tinchlik yoʻnalishidagi shartnomalar imzolayotgan bir vaqtda tanituvchi belgisiz vertolyotlar Suriyada va Iroqdan qochib chiqayotgan jangarilarni Afgʻoniston shimoliga “koʻchirib” oʻtkazmoqda.

Suriyadan quvilgan ISHID jangarilari uchun yangi uy  

AFP axborot  agentligi xabariga koʻra, Afgʻoniston shimolidagi Balx, Jauzjan va Faryab viloyatlarida  oxirgi bir necha oy davomida yuzlab chet ellik jangarilar paydo boʻlgan. Ular sobiq “tolibon”dan farqli oʻlaroq, yangi harbiy kiyimlar kiygan va oʻta yaxshi “jihozlangan”. Kelgindi jangarilar Suriya va Iroq hududidan olib kelgani aniq, chunki ular orasida koʻplab Yaqin Sharq mamlakatlari, Jazoir va Frantsiya fuqarolari bor. Undan tashqari oʻzbek, tojik, kavkaz millatlari ham bor. Shuningdek, ayollar ham koʻp. Mahalliy aholi aytishiga qaraganda, ular kelib maktab binolari va xususiy uylarni egallab olmoqda.

“Ular mahalliy aholiga nisbatan juda berahm ekanligi koʻrinib turibdi”, — deydi Darzab uyezdi maʼmuriyati vakili. Ular paydo boʻlganidan keyin bir necha kishi gʻoyib boʻlib qoldi. Undan tashqari ularni qoralagan masjid imomi ham shafqatsizlarcha oʻldirildi. Mahalliy aholi orasida aygʻoqchilar ham koʻpaymoqda. Undan tashqari, ular yosh bolalar va oʻsmirlarni kuniga 5,10,20 dollarlik maosh evaziga oʻzlariga yollab olmoqda, — deb xabar bergan edi afgʻon mahalliy OAVlari.

Chekka qishloqlardan biri yaqinida 200 kishilik harbiy lager ham tashkil qilingan. U yerda jangarilar va diversantlar tayyorlanmoqda. ISHID hatto 10 yoshli bolalarga ham turli qurollardan va xudkush kamaridan foydalanishni oʻrgatmoqda.

Kelgan jangarilarning aksariyati, yangi harbiy forma yoki ISHIDning qora kiyimini kiygan.  Qurolari ham yangi va zamonaviy. Ular orasida hatto “injenerlar” ham bor. Xususan, ikki nafar xorijlik togʻ jinslarini tekshirib qimmatbaho metallar izlaganini guvohi boʻlganmiz, deyishdi mahalliy aholi vakillari.

Koʻchib kelgan jangarilarda mototsikllar bor. Ulardan bir necha kishi har kuni mototsiklda chegaragacha borib qaytib kelib turishibdi. Ular bir nimalarni oʻrganishmoqda.

Afgʻon hukumati vaziyatga aralashmayapti

Afgʻon hukumati ISHID jangarilari toʻplanayotganidan yaxshi xabardor boʻlsada, hozircha vaziyatga aralashishni istamayapti. Balkim ularga bir necha yildan beri “foydali maslahatlar” berib borayotgan AQShlik harbiylar bunday qilmaslikka undayotgandir.

Nima boʻlganda ham, qoʻyidagi voqeani eʼtiboringizga havola etamiz. Afgʻoniston Xavfsizlik xizmati, Qunduz viloyati boʻlimida ishlaydigan xodim guvohlik berishiga koʻra, ISHID jangarilari 5-10 kishilik guruhlarga boʻlinib harakatlanar ekan. Bir safar afgʻon xavfsizlik kuchlari ana shunday guruhlardan birni qurshovga olishga muvaffaq boʻlishgan. Jangarilar oʻzaro ruscha gaplashishidan, bular sobiq MDH fuqarolari degan xulosaga kelishgan. Jang qizib ISHID guruhi magʻlubiyatga ozgina qolganda NATO askarlari yetib kelib. “Ularni bizga qoʻyib beringlar. Sizlar oʻz ishlaring bilan shugʻullanaveringlar”, — deyishgan. Shundan soʻng NATO va ISHID askarlari xuddi eski qadrdonlardek, quchoq ochib koʻrishishgan va qorongʻuda gʻoyib boʻlishgan.

Xodim aytishiga qaraganda Qunduz viloyatida joylashib olgan jangarilarning aksariyati tojiklar boʻlib, ular mahalliy hukumat yordamida oʻzlariga kerakli hujjatlarni ham rasmiylashtirib olishgan va mamlakat hududi boʻylab bemalol harakatlanib yurishadi. Baʼzilar hatto qoʻshni mamlakatlar hududiga borib kelayotgan boʻlsa ajab emas.

Tolibon ISHIDga boʻy sunmagani uchun – yoʻq qilinmoqda.

Afgʻoniston sobiq prezidenti Hamid Karzay aytishiga qarganda, bir vaqtlar mamlakatning 40% hududini nazorat qilgan Tolibon jangarilari asosan mahalliylardan iborat boʻlgan va shu sababdan aholiga nisbatan shafqatli boʻlgan. Ular boshqaruvi ostida boʻlgan yerlarda oʻziga yarasha tartib-qoida va xavfsizlik oʻrnatilgan.

Suriya va Iroqda dastlabki yillarda muvaffaqiyatga erishgan ISHID Afgʻoniston hududiga ham daʼvo qila boshlaganda tolibon ularga boʻysunishdan bosh tortgan edi. Ikkala guruh bir-biriga, qarshi urush eʼlon qildi. Shundan soʻng, tez vaqt ichida tolibon bir necha qoʻmondonlarida ayrildi. Aksariyat hollarda, ular uchuvchisiz apparatlar yordamida AQSH tomonidan yoʻq qilindi.

“Oxirgi bir yarim yil davomida amerika qoʻshnlari faqat tolibonni nishonga olmoqda. Ular bergan nuqtali zarbalar tufayli biz koʻplab doʻstlarimizni yoʻqotdik. Biz amerikaliklar va boshqa xorijiy kuchlar DAIShni qoʻllab quvvatlayotganini yaqqol sezayapmiz”, — deydi tolibon dala qoʻmondonlaridan biri mulla Abdul Quddus.

Muxammad Raxim ismli qudduslik mahalliy fuqaro ayishiga qaraganda, AQSH havo zarbalari berishda oʻta gʻalati holatlar koʻzga tashlanmoqda. Masalan, tolibon jangarilari bor deb xabar tarqalgan Said-Azam, Garo-Qishloq va Sarosiyob qishloqlarining tinch aholisi AQSH zarbalaridan zarar koʻrgan. Vaholanki, zarba berish vaqti tolibon u yerdan uzoqda boʻlgan. ISHID jangarilari haqiqatdan bor boʻlgan qishloqlarga esa –  “u yer tinch” deb zarba berishmagan.

Shuningdek Muhammad Rahim, ayni damda Quddus juda xavfli joyga aylanib qolganini xabar qilmoqda. Tolibon qoʻmondoni Abdul Salam bu yerda tartib saqlab turar edi. AQSH uni Rossiyaning ittifoqchisi deb, yoʻq qildi. Endi boʻlsa bu yerda Afgʻon tolibonlari oʻrnida chet ellik yollangan jangarilar xoʻjayinlik qilmoqda. Ular uchun hech qanday qonun yoʻq.

Afgʻonistonda “ISHID”ning maqsadi nima?

Birinchidan, Suriya va Iroqdan qochib qolgan jangarilarn  saqlab turish va koʻpaytirish uchun yangi makon.

Ikkinchidan, Afgʻoniston hududida doimiy urush oʻchogʻini saqlab turish va shu yoʻl bilan Xitoyning Afgʻoniston hududida rejalashtirilayotgan yirik  tijorat loyihalarini amalga oshirishga yoʻq qoʻymaslik. Maslan, Turkmanistondan Afgʻoniston orqali gaz quvuri tortib oʻtish loyihasi. 

Uchinchidan, Kelajakda ular yordamida Turkmaniston hududiga bostirib kirish. U yerdagi neft va gaz konlariga xoʻjayinlik qilish.

Toʻrtinchidan, butun  Oʻrta Osiyoni notinch hududiga aylantirish.

Beshinchidan, Notinch Oʻrta Osiyo orqali Rossiyaga bosim oʻtkazish. Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Rossiya  orasida sovuqlik tushurish, MDH mamlakatlari orasida viza tartibini qoʻllashga majburlash va ularni bir-biridan uzoqlashtirish. 

ISHIDning Afgʻonistonga koʻchishiga kim yordam berdi?

Suriyada Rossiya Harbiy havo kuchlari yordamida amalga oshirilgan operatsiya natijasida terrorchilar tor-mor qilindi. Bugun ularga "sichqon ini ming tanga" boʻlib qolgan, qayerga borishni bilmaydi.

“ISHID jangarilari tanituvchi belgilari boʻlmagan vertolyotlarda Afgʻoniston hududiga koʻchirilmoqda”, — degan edi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova biroz oldin OAV vakillariga.

Zaxarova aytishiga qaraganda, tanituvchi belgilari boʻlmagan vertolyotlarda bir guruh ISHID jangarilari va bir necha quti qurol-aslaha Afgʻoniston sharqiga olib borib qoʻyilgan. 

Afgʻoniston parlamenti quyi palatasining deputati — Hoji Zohir Qodir ushbu vertoletlarni shaxsan oʻzi koʻrgan va ular amerikaliklarga tegishli ekanini tasdiqlagan edi. 

ISHID bu yerda ham oʻzining “qora ishini” boshladi

Bir necha kun oldin ular Badaxshon yaqinidagi afgʻon armiyasining blok-postiga hujum qilib u yerdagi askarlarning boshini tanasidan judo qilishgan. Hukumat tarqatgan maʼlumotga koʻra 3 nafar askar oʻldirilgan. Boshqa maʼlumotlarga koʻra – 10 kishi.

RIA Novosti xabariga koʻra, 3 dekabr kuni afgʻon-tojik chegara qismida qurollangan toʻda chegarachilarga hujum qilgan. Tojikiston chegara qoʻriqlash ofitseri qurbon boʻlgan, 4 nafar  askar jarohatlangan.

Asosiy mavzular