04:51 19 Yanvar 2018
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev s suprugoy vstrechayet prezidenta Kыrgыzstana Almazbeka Atambayeva v aeroportu Tashkenta

Oʻzbekiston-2017: dunyo hamjamiyati eʼtiborida boʻlgan Mirziyoyev

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Kыrgыzstana
Analitika
Havola olish
1377100

Oliy majlis senatiga yoʻllagan murojaatnomasida Oʻzbekiston prezidenti vazirlar haqida gapirar ekan, "bu yil ular sinovdan oʻtdi" degan fikrni bildirdi. 2017 yil, yaʼni prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyev oʻz faoliyatining birinchi yilida nafaqat mamlakat aholisi, balki jahon hamjamiyatining "imtihon"idan muvaffaqiyatli oʻtdi

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Yakunlanayotgan 2017 yil Oʻzbekiston uchun oʻn yillar davomida odamlar ongiga mustahkam oʻrnashib olgan va davlatchilikka ishonchni soʻndirgan stereotiplarni ayovsiz sindirish hamda ulkan oʻzgarishlar uchun zamin yaratish yili boʻldi.

Oʻzgarishlar — mamlakat hayotiga demokratiya shamolini olib kirish boʻlib, bunga bosqichma-bosqich amalga oshirayotgan islohotlarda Shavkat Mirziyoyev tomonidan asos solinmoqda.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ichki siyosatda qator islohotlarni amalga oshirish bilan birga, Oʻzbekistonning tashqi siyosati yoʻnalishini tubdan oʻzgartirdi. BMT minbaridan turib dolzarb muammolarga dunyo hamjamiyati eʼtiborini qaratdi, Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga xizmat qiladigan tashabbuslarni ilgari surdi va yillar davomida oʻz yechimini topmay kelayotgan muammolarda oʻzining siyosiy irodasini namoyon etdi.

Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo tarixida yangi tarix sahifasi ochildi.

2017 yil Oʻzbekiston tashqi siyosiy faoliyatini hech shubhasiz muvaffaqiyatli deb baholash mumkin: bunda Mirziyoyevning qoʻshnilar uchun "qarsillab" yopilgan eshiklarni ochish siyosati, Qirgʻiziston bilan ikki davlat oʻrtasidagi chegaraning 85%ni ratifikatsiya qilishi, bir asrlik tanaffusdan keyin Oʻzbekistonga rasmiy safar bilan kelgan va Oʻzbekiston prezidentining "katta birodari"ga aylangan Afgʻoniston rahbari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish, doʻstlik va ahil qoʻshnichilik muhitini yaratishga qaratilgan Samarqanddagi yirik xalqaro anjuman singari tarixiy oʻzgarishlar koʻplab siyosatshunoslar tomonidan ijobiy baholandi.

Qayd etish joizki, dunyo davlatlari orasida soʻnggi vaqtlarda avj olgan "diplomatik mojarolar" fonida Mirziyoyevning "biz hamma bilan faqat doʻst boʻlamiz" deya qatʼiy bildirgan fikri, Oʻzbekiston endi kim taraf boʻlar ekan, degan savol bilan oʻzini qiynayotgan ekspertlarni ham biroz hayratlantirdi, desak yanglishmagan boʻlamiz.

Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va shu soha orqali xalqni boy qilishni oʻzining bosh mezonlaridan biri qilib olgan prezident Mirziyoyevning valyuta sohasida amalga oshirgan islohotlari ham dunyo hamjamiyatining alohida diqqat-markazida boʻldi.

Xalqaro valyuta fondi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan valyuta islohoti respublikaga yanada samarali iqtisodiyotga oʻtish imkonini berishini qayt etdi. Xususan, XVFning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo boʻyicha departamenti direktori Jixad Azur Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida koʻplab toʻsiqlarni bartaraf etishiga toʻgʻri kelishini, lekin mazkur islohotlar mamlakatga yanada samarali va oxir-oqibat rivojlangan iqtisodiy tizimga oʻtish imkoniyatini berishini taʼkidlab, mamlakat hukumatini mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va hududiy savdoni kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini qizgʻin olqishladi hamda XVF Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Joriy yilda Oʻzbekistonga BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining din va eʼtiqod erkinligi masalasi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Ahmad Shahin ham tashrif buyurdi. BMTning maxsus vakili Ahmad Shahid Oʻzbekistondagi turli din vakillari oʻrtasidagi totuvlik va hamjihatlik dunyoning hech bir davlatida kuzatilmasligini eʼtirof etdi.

2017 yil Oʻzbekiston uchun davlat tuzilmalarini "nobop" kadrlardan tozalash, yirik kadrlar almashuvi, sirasini aytganda Hukumatni yangilash, yoshartirish yili boʻldi, deya eʼtirof etish mumkin.

Mirziyoyevning amaldorlarga qoʻyayotgan talabi bitta: "Xalqni rozi qilish, xalqqa xizmat qilish".

Oʻzbekiston rahbari 22 dekabr kuni Oʻzbekiston Oliy Majlisi senatiga murojaatida ham 2018 yilda qator vazirlarni ishdan ketishini, oʻz vazifasini uddalay olmayotgan, "dunyoqarashi davr talabiga mos oʻzgara olmagan" rahbarlar oʻrniga tajribasiz boʻlsada, sadoqatli yosh kadrlar kelishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Prezident oʻz Murojaatnomasida ertangi kun borasida xalqqa katta-katta vaʼdalar bergani yoʻq, u borini boricha aytdi. "Bugun yaxshi yashashni istar ekanmiz, belni mahkam bogʻlab mehnat qilamiz".

Jamiyat va hokimiyat oʻrtasida muloqot paydo qilgan, xalqga daromad olish manbalarini koʻrsatayotgan, yaratayotgan, xalqning farovonligi asosida davlatni boy qilishga harakat qilayotgan Mirziyoyev rahbarligidagi zamonaviy Oʻzbekiston barchaga xush kelmoqda.

Asosiy mavzular