04:50 19 Yanvar 2018
Efir
Uzbekskiye sportsmenы v Baku

Oʻzbekiston sporti: 2017 yilning yodda qolarli 17 voqeasi

© NOK Uzbekistana
Analitika
Havola olish
408 0 0

Oʻzbekiston sportida 2017 yil nimalar bilan yodda qoladigan boʻldi

TOSHKENT, 28 dek – Sputnik, Dilshodbek Asqarov. Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Odatda, yangi yil arafasida oʻtayotgan yil sarhisob qilinadi, muhim voqealar yana bir bor yodga olinadi. Sputnik Oʻzbekiston sportida 2017 yilda roʻy bergan 17 muhim voqeani yodga olishga qaror qildi.

1. Oʻzbekiston tarixida birinchi marta futbol telekanali ishga tushirildi

2017 yilning 23 aprel kuni oʻzbek futbol ishqibozlari uchun quvonarli voqea sodir boʻldi.  Oʻzbekiston tarixida birinchi marta maxsus ixtisoslashtirilgan futbol telekanali — "Futbol TV" ishga tushirildi.

Kanalda birinchi boʻlib Ispaniya chempionatining 33 turi — "Real"-"Barselona" uchrashuvi namoyish qilingan. Yangi telekanal tashabbuskori axborot jurnalistikasida ixtisoslashgan Uzreport TV boʻldi.

Translyatsiya futbola po televizoru
© Sputnik/ Vladimir Pesnya
Futbol uchrashuvi translyatsiyasi

2. Uzoq tanaffusdan soʻng Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi

Bahorning soʻnggi oyida professional boks boʻyicha oʻta ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev Oʻzbekistonga keldi. U oʻzi tugʻilib-oʻsgan Andijon shahrida boʻldi, yaqinlari va doʻstlari bilan uchrashdi.

Chagayev 1978 yilda Andijonda tugʻilgan boʻlib, havaskor bokschilar oʻrtasida ikki marta jahon chempioni, Osiyo chempioni hisoblanadi. U shuningdek, professional boksda ham faoliyat olib borgan boʻlib, afsonaviy bokschi Nikolay Valuyevni magʻlubiyatga uchratib, WBA yoʻnalishida jahon chempioni boʻlgan.

Ruslan Chagayev v Andijane
Ruslan Andijonda bir necha tadbirlarda ham qatnashdi

3. Oʻzbekistonlik para-atletikachilar jahon va Osiyo rekordini yangiladilar

"London-2017 Para-atletika" jahon chempionatida Oʻzbekiston sportchilari jahon va Osiyo rekordlarini yangiladilar.

Aleksandr Svechnikov yengil atletikaning nayza uloqtirish yoʻnalishida 71,01 metrlik natijani qayd etib jahon rekordini oʻrnatdi.

Doniyor Soliyev esa uzunlikka sakrash musobaqasida 7,18 metrga sakrab oltin medalga erishdi va ilgari xitoylik Chen Mingyu tomonidan oʻrnatilgan Osiyo rekordini yangiladi.

Aleksandr Svechnikov na chempionate mira po para-atletike v Londone
REUTERS / Henry Browne
Rekordchi Aleksandr Svechnikov

4. “Hammasi uchun rahmat, Sasha”: Geynrix terma jamoa bilan xayrlashdi

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Oʻzbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyindan soʻng hujumchi terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashga qaror qildi.

Oʻsha oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durang natijaga oʻynab jahon chempionati yoʻllanmasidan quruq qolgandi.

Futbolist Aleksandr Geynrix
Federatsiya futbola Uzbekistana
Aleksandr Geynrix

5. Samvel Babayan isteʼfoga chiqarildi

Oʻzbek futbol ishqibozlarining uzoq vaqt davomidagi orzu-istak, niyat, qolaversa, talablari sentyabr boshlarida amalga oshdi — Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etildi.

“Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi”, — deyildi OʻFF rasmiy xabarida.

Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Federatsiya futbola Uzbekistana
Babayan Oʻzbekiston termasining jahon chempionatiga chiqa olmaganida bosh aybdor deb topildi

6. OʻFFga yangi prezident saylandi

12 sentyabr kuni Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari va "Paxtakor" klubi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining yangi prezidenti sifatida eʼlon qilindi.

OʻFF prezidentligiga Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan birgina Umid Ahmadjonov nomzodi ilgari surilgandi.

Prezident Federatsii futbola Uzbekistana Umid Axmadjanov
Federatsiya futbola Uzbekistana
Umid Ahmadjonov oʻzbek futbolida islohotlar qilishga vaʼda berdi

7. Mirabror Usmonovning armoni

Oʻzbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Usmonov OʻFF hisobot-konferentsiyasida soʻzga chiqib, Oʻzbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishga vaʼda bermaganligini aytdi.

"Men 2006 yilda kelganimda aytgan edim: "Mendan hech narsa kutmanglar. Mendan jahon chempionatiga olib chiqishni soʻramanglar. Buni vaʼda bera olmayman. Sakkiz, oʻn yildan soʻng jahon chempionatiga chiqib, nimadir koʻrsatishimiz mumkin. Bizda poydevor yoʻq", degan edim", dedi.

Usmonov shuningdek, soʻzi yakunida "Albatta har bir odamning oʻziga yarasha armoni boʻladi. Men ham bir armon bilan ketyapman. Shu jahon chempionatiga chiqsak ham yomon boʻlmas edi. Oʻylaymanki keyingi 4 yilda albatta Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqadi va u yerga borganda bizni uyaltirib qoʻymaydi", deya fikr bildirdi.

Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v den prazdnovaniya 70-letiya prezidenta Federatsii futbola Uzbekistana Mirabrora Usmanova ukazom ot 4 iyulya nagradil ordenom Dustlik
OʻFFni uzoq yillar boshqargan Mirabror Usmonov

8. Qarzdorlik va shubhali natijalar: "Obod" Oliy ligadan chetlatildi

Toshkentning "Obod" futbol klubi Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qoʻmitasining OʻFF bilan birga kelishilgan qaroriga koʻra, futbol boʻyicha 2017 yilgi Oʻzbekiston chempionati qatnashchilari safidan chiqarildi.

Bunga klubning OʻzPFL oldidagi qarzlari borligi, bir necha marta ogohlantirish berilganiga qaramasdan litsenziyalash boʻyicha birorta ham hujjatni rasmiylashtirmaganligi va "Obod" — "Soʻgʻdiyona" (2:4) hamda "Obod" — "Nasaf" (0:6) oʻyinlarida qayd etilgan natijalarning shubhali ekanligi aytilgan "Federbet" xalqaro notijorat federatsiyasining OʻFFga yozgan xati asos boʻldi.

Glavnыy sudya vo vremya futbolnogo matcha
© Sputnik/ Aleksandr Vilf
"Obod"ning Oliy ligadagi ishtirokiga final hushtagi chalindi

9. Dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biri oʻzbekistonlik

Oʻzbekistonlik 13 yoshli Nodirbek Abdusattorov Sankt —Peterburgda oʻtgan xalqaro shaxmat turniridagi gʻalabasi tufayli jahondagi eng yosh ikkinchi grossmeyster maqomiga ega boʻldi.

Toshkent shahri Yashnobod tumani 152-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Nodirbek Oʻzbekiston shaxmat tarixiga koʻplab gʻalabalarni muhrlashga muvaffaq boʻldi.

U besh yoshida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan turnirlarda ilk oltin medalni qoʻlga kiritgan. Nodirbek 7 yoshida Sloveniyaning Maribor shahrida oʻtkazilgan musobaqada jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan, 8 yoshida FIDE ustasi, 12 yoshida xalqaro sport ustasi unvonlariga erishgan.

Nodirbek Abdusattorov
Jjahonning eng yosh shaxmat ustasi Nodirbek Abdusattorov

10. Boksda oʻzbek ayollari ham chempion boʻlishmoqda

Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi Goʻzal Ismatova Vyetnamda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Chempionatda qitʼaning 20 mamlakatidan yuzdan ortiq charm qoʻlqop ustalari bellashdilar.

Vazni 81 kilogrammdan ortiq boʻlgan bokschi qizlar oʻrtasidagi final jangida Goʻzal Ismatova mezbonlar sportchisi Ti Tran Niga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi.

Prosmotr boksa na kompyutere
Sputnik
Goʻzal Ismatova

11. “Barselona” yulduziga Oʻzbekistonning shirin mevalari yoqdi

"Barselona" klubining sobiq himoyachisi Karles Puyol 9 noyabr kuni Toshkentga keldi. OʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov taklifi bilan kelgan mashhur futbolchi “kelajakda taklif boʻlsa balki Oʻzbekistonda ham ishlarman. Barcha narsa boʻlishi mumkin", dedi matbuot anjumanida.

U Oʻzbekistonga qisqa vaqtga kelganligini aytib, dunyoning hech qaysi davlatida bunchalik shirin mevalarni yemaganligini qoʻshimcha qildi.

Karles Puyol
JOSEP LAGO / AFP
Karles Puyol

12. Nomzodlar koʻp, lekin kim kelishi nomaʼlum

Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish boʻyicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borayotganligini maʼlum qildi.

OʻFFning bildirishicha, ular ruminiyalik Dan Petresku, serbiyalik Slavolyub Muslin, chernogoriyalik Miodrag Radulovich, italiyalik Anjelio Alessio, germaniyalik Bernd Shtork, xorvatiyalik Branko Ivankovich, Slaven Bilich, italiyalik Valter Matstsari, gollandiyalik Bert van Marveyk.

Ular safiga yana bir mutaxassis qoʻshilganligi haqida ham xabarlar paydo boʻldi, lekin uning kimligi hozircha aniq emas.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu v tovariщeskom matche s komandoy OAE
Federatsiya futbola Uzbekistana
Terma jamoa futbolchilari qachondan xorijlik murabbiy qoʻl ostida shugʻullanishlari hozircha aniq emas

13. Oʻzbek xokkeychilari kanadaliklarga “dars berishdi”

Oʻzbekistonning "Binokor" xokkey klubi shaybali xokkey boʻyicha BAA prezidenti Kubogi xalqaro turnirida gʻolib boʻldi. "Binokor" toʻrtta uchrashuv oʻtkazdi va barchasida yirik hisob bilan gʻalaba qozondi.

Musobaqalar tugaganidan soʻng oʻzbek jamoasi BAAning EHL ligasida ishtirok etuvchi Kanadaning Mighty Camels klubi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi. Oʻyin 10:2 hisobida "Binokor" foydasiga hal boʻldi.

"Kanadaliklar oʻzbekistonlik xokkeychilar oʻyinidan shu darajada hayratda qolishdiki, ular Google orqali Oʻzbekistonni qidirishga tushishdi. Xokkey bizda atigi 5 yil oldin paydo boʻlganini bilishgach esa hayratlari yanada oshdi", — dedi "Binokor" xokkey klubi bosh murabbiyi Alisher Azimov.

Stolichnыy xokkeynыy klub Binokor
Sputnik / Stringer
Oʻzbekiston xokkeychilari KXL musobaqalarida ishtirok etishlari kutilmoqda

14. Boks olamining Ronaldusi

Xalqaro havaskorlik boks assotsiatsiyasining Twitter akkauntida Gamburgda nihoyasiga yetgan boks boʻyicha jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi nomini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovda

Gʻalabasini mashhur futbolchi Ronaldu uslubida nishonlaydigan oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov chempionatning eng yaxshi bokschisi deb eʼtirof etildi.

U shuningdek, Osiyo boks konfederatsiyasining The Best of the Asians—2017 loyihasida yilning eng yaxshi erkak bokschisi sifatida eʼtirof etildi.

Yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash jarayonida ovoz berganlarning 57,2 foizi Shahram Gʻiyosovni 1-oʻringa munosib deb topdi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi esa Osiyoda 2017 yilning eng yaxshi milliy boks federatsiyasi deb topildi.

Shaxram Giyasov, zolotaya medal
Shahram Gʻiyosov

15. Bikmayev – eng yaxshi futbolchi, Arveladze – eng yaxshi xorijlik murabbiy

14 dekabr kuni futbol boʻyicha 2017 yilning "Eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Yil yakunlariga koʻra, "Paxtakor"ning gruziyalik murabbiyi Shota Arveladze "Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy" deb topildi.

“Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmayev esa "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb eʼtirof etildi.

Shota Arveladze
AP Photo / Dmitri Lovetsky
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladzeni kelgusi yilda katta sinov kutib turibdi

16. “Otni tilimga bogʻlang” — Vadim Abramov litsenziyasidan mahrum boʻldi

Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasining 16 dekabrdagi qarori bilan “Neftchi” futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov “futbolga aloqador har qanday faoliyatdan” nomaʼlum muddatga chetlatildi.

U “OʻFF va OʻzPFL hamda ularning rasmiylari shaʼniga nisbatan notoʻgʻri fikrlar bildirganligi, Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar boʻyicha keng jamoatchilik oʻrtasida nosogʻlom fikrlar vujudga kelishiga sabab boʻlayotganligi uchun” chetlatilganligi maʼlum qilindi.

Avvalroq u futbolga oid nashr muxbiri bilan suhbatda "Oʻtgan 9 yil ichida 9ta yangi stadion barpo etildi. Bu stadionlar kimlar uchun qurildi? Hamma narsani yaxshi va yomon taraflari boʻladi. Buni yaxshilab oʻylab koʻrish kerak. Ahmoqona ishlarni qilmaslik kerak. Hamma narsani yaxshi tomonlarini olish kerak. Biz hamkorlikda ishlashga tayyormiz. Buni bir stol atrofida oʻtirib, maslahatlashish kerak. Toʻgʻrimi? Balki biz ham biror narsalarni bilarmiz. Yordamlasharmiz", — degan edi.

Vadim Abramov
Muxlislar hali-hamon Abramov daridagi terma jamoani qoʻmsashadi

17. Oksana yil davomida gʻolib boʻlishdan charchamadi

Shu yilning may oyida Ozarbayjonning  Boku shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamjihatlik oʻyinlarida oʻzbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrash musobaqalarida oltin medalni koʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Oʻtgan haftada esa Chusovitina Moskvada Mixail Voronin kubogi uchun yigirmanchi bor oʻtkazilgan gimnastika xalqaro musobaqasida gʻolib boʻldi.

U tayanib sakrashda raqibalariga imkoniyat qoldirmadi va oltin medal sohibasi boʻldi.

Gimnastika boʻyicha yettita Olimpiadada ishtirok etgan sportchi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Oksana Sputnik muxbiri bilan suhbatda sakkizinchi Olimpiadada ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrayotganini aytgandi.

Oksana Chusovitina
Oksana sakkizinchi Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrmoqda

Bu esa bonus

4 dekabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston Kubogi final oʻyini boʻlib oʻtdi.

Bahsdan soʻng esa kutilmagan voqea yuz berdi: maydonga yuzlab futbol ishqibozlari tushib kelishdi. Bunga ishqibozlar uchun tekin toʻp tarqalishi sabab boʻldi, deyishdi voqea guvohlari.

Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi ushbu holat boʻyicha bayonot berdi.

Tseremoniya nagrajdeniya Kubka Uzbekistana posle okonchaniya finalnogo matcha mejdu tashkentskimi Bunyodkorom i Lokomotivom
Tseremoniya nagrajdeniya Kubka Uzbekistana posle okonchaniya finalnogo matcha mejdu tashkentskimi "Bunyodkorom" i "Lokomotivom"

"Uchrashuv paytida 34 ming muxlisga moʻljallangan "Bunyodkor" stadioni ishqibozlar bilan toʻlib-toshdi. Bu holat yurtimizda oʻzbek futboliga muxlislar tomonidan boʻlgan qiziqishning yana oshayotganidan darak beradi. “Muxlislarni stadionda xursand qilish maqsadida Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan koptok va sharflar sovgʻa tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emotsiyalarga berilib, oʻyin yakuniga yetganidan soʻng "Lokomotiv" klubi futbolchilarini tabriklash maqsadida maydonga chiqib ketishi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi", deyildi OʻFF bayonotida.

Asosiy mavzular