O‘zbekistonda "Pavlik Morozovchilar" paydo bo‘ladimi?

© Sputnik / Saykov / Mediabankka o‘tishPavlik Morozov
Pavlik Morozov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat inson haq-huquqlarini kengaytirish bilan bir vaqtda, jinoyatchilikning ham tashvishini qilmoqda

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Va nihoyat, o‘zbek tilidagi "meni sotishdi", degan ibora bevosita o‘z ma’nosini ham ifodalaydigan bo‘ldi. Hukumat tayyorlanayotgan, sodir etilgan jinoyatlar, tergovdan yashiringan gumondorlar, jinoyatga tegishli dalillar haqidagi ma’lumotlar uchun pul to‘lamoqchi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jinoyatchini ushlab berganlarga katta miqdorda mukofot beriladi
Mazkur masala jamoatchilik o‘rtasida har xil gap-so‘zlarga sabab bo‘lmoqda. Kimningdir nazarida bu jamiyatning ma’naviy ildizlariga bolta urib, sotqinlikning avj olib ketishiga olib keladi. Fuqarolardagi hamjihatlikdek muqaddas tuyg‘ularni yerparchin qilib yuborishi mumkin, deyotganlar ham topiladi.

Ushbu savolga javob olish maqsadida Sputnik O‘zbekiston muxbiri Dilshoda Rahmatova O‘zbekistondagi Ichki ishlar vazirligi tuzilmalarida uzoq yillar xizmat qilib, ayni vaqtda nafaqada bo‘lgan ofitserga ushbu qarorga sharh berishni so‘rab murojaat qildi.

Suhbatdoshning ism-sharifi uning xohishiga ko‘ra sir saqlanadi.

"Aslida bu bir tomonlama olib baholanadigan, oddiy hal qilib qo‘yadigan masala emas.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
“Kozol”mi yo qonun himoyachisi?
Bilamiz, bir paytlar, sovet tuzumi endi-endi shakllanib kelayotganda sotqinlik ulug‘langan, ota bolaga, bola otaga qarshi qo‘yilgan va shu orqali davlatning nufuzini oshirish harakatida bo‘lingan. Aslida-ku bu bilan nufuz oshirilmaydi, balki xalq qo‘rquvda ushlab turiladi. O‘z yaqinlarini sotgan Pavlik Morozov mana shu siyosatning yorqin namunasi va bosh qahramoni edi.

Albatta, O‘zbekistonda joriy etilgan yangi tartibni o‘sha holat bilan tenglashtirib bo‘lmaydi, sovet tuzumida aldangan odamlar g‘oya uchun ishlayapman, degan xayolda bo‘lgan va hukumat ularning shunday fikrda bo‘lishiga erishgan ham.

O‘zbekistonda joriy etilayotgan yangi tartibni esa Amerikada, yovvoyi g‘arbda bir paytlar rusum bo‘lgan holatga ham tenglashtirish kayfiyati mavjud. U yerda ham jinoyatchilar uchun katta mablag‘lar to‘langan. Bu esa ayrimlarning shu ishni kasbga aylantirib yuborishiga sabab bo‘lgan.

Biroq O‘zbekiston bu ikkalasidan ham o‘zgacha yo‘lni tanlagan.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Qidiruvdagi shaxs o‘z ixtiyori bilan militsiya bo‘limiga kelsa hibsga olinmaydi
Bunda jamiyatning ma’naviy ildizlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan holat yo‘q. Shuningdek, jinoyatchilarni tutib, shu orqali pul ishlab, kun ko‘rish imkoni ham mavjud emas.

Bir so‘z bilan aytganda, hech kim chekkadan kelib, jinoyatchilarni tutishni o‘ziga kasb qilib ololmaydi.

O‘zbekistonda joriy etilayotgan ushbu tartib, mamlakatda fuqarolar erkinliklari va huquqlarini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan yaxlit siyosatning kichik bir yo‘nalishi sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi farmoni bilan sud-tergov jarayonida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlari kuchaytirildi. Bu esa o‘z navbatida tergovchi-surishtiruvchilar tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dalillar yig‘ilishida bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi (shu paytga haqqoniy, qonun doirasida ishlaganlar uchun qiyinchilik yo‘q).

Podsledstvenniy v SIZO Matrosskaya tishina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ombudsmani turmalardagi qiynoqlarning oldini olish mexanizmini yaratadi
Shuningdek, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarning telefondagi muloqotini eshitishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazish borasida ko‘rilayotgan choralar ham sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha dalillar to‘plash va tayyorlanayotgan jinoyatlarni oldindan aniqlab, choralar ko‘rishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘z-o‘zidan ma’lumki, jamiyatda har qanday holat xuddi dorbozning doridagi kabi nozik muvozanatda bo‘lishi lozim. Aks holda falokat yuz beradi. Fuqarolarning haq-huquqlarini kengaytirish, ularning erkinliklari kafolatlanishi yaxshi, albatta. Lekin bu o‘z navbatida jinoyatchilarga ham erkinlik beradi-da. Demak, bunday haq-huquqlardan keyin o‘z-o‘zidan yo huquqni himoya qilish organlarining ham "oyoq-qo‘lini yechib yuborish" yoki jinoyatchilikka qarshi kurashning boshqa choralarini ko‘rish lozim bo‘lar edi. Aks holda jamiyatda jinoyatchilik avj olib ketadi. Chunki berilgan haq-huquqlardan faqat oqko‘ngil insonlar foydalanadi, jinoyatchilar esa tergov va sudda "uzr, bilmay qolibman", deb bosh egib turaveradi, deb o‘ylaganlar qattiq adashadi.

AQShdagi inson erkinliklari haqida og‘zimiz ko‘pirib gapirishni xush ko‘ramiz. Lekin shu erkinliklarning muvozanatini saqlash uchun politsiyaga berilgan haq-huquqlar haqida uncha gapiravermaymiz. Agar, 2017-yilda ommaviy axborot vositalari bergan ma’lumotlar aldamasa, AQSh politsiyasi o‘rta hisobda yiliga taxminan 500 nafar atrofidagi shaxsga nisbatan qurol qo‘llar ekan (O‘zbekistonda bunday holat 2-3 tadan osharmikin?).

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qiynoq ostida olingan dalillar sudda o‘tmaydi - prezident farmoni
Shulardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olishda huquq-tartibot organlarining haq-huquqlarini kengaytirishdan ko‘ra, sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llash (butun mamlakat bo‘ylab videokuzatuv tizimlarini joriy etish, tergov-surishtiruv jarayonida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish) va yuqorida aytilgan usul, fuqaro va jamoat tashkilotlarini bu ishga keng miqyosda jalb etishni ma’qul ko‘rdi.

Bu maqsadda, fuqaro va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish masalasi ham hal etildi. Holbuki, O‘zbekiston "oshib-toshib ketgan boy davlat emas" (Sh.M.Mirziyoyev iborasi). Bejizga rag‘batlantirish mezonlarida nafaqat jinoyatchilikni oldini olish, fosh etish, jinoyatchini tutish, balki dalillarni aniqlash masalasi ham aks etmagan. Endi jinoiy ish bo‘yicha dalillar gumondor, ayblanuvchi, sudlanuvchiga zug‘um, qo‘rqitish, ruhiy tazyiqlarsiz yig‘ilishi lozim, axir.

Sotqinlik masalasida esa, aytish lozim, davlat uning ma’naviy jihatlariga alohida e’tibor qaratgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida, tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik, jinoyat va jinoyatchilarni oldindan va’da bermay yashirish (oldindan va’da bergan bo‘lsa jinoyatga sherik bo‘lib qoladi va jinoyat ijrochisi bilan tengma-teng javobgarlikka tortiladi) uchun jinoiy jazo belgilanganiga qaramay (241-modda), ushbu qilmish uchun ayblanuvchi, gumondor, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi (31-modda).

Bir so‘z bilan aytganda, hech bir shaxs yaqin qarindoshlarini "sotish"ga majbur emas. Lekin endi haqiqiy ma’noda sotish ilinji paydo bo‘lsa, bu uning shaxsiy ishi. Bir nima deb bo‘lmaydi", deb suhbatga yakun yasadi suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0