23:12 20 Sentyabr 2017
Efir
Xonanda Vera Brejneva. Arxiv surat

Vera Brejneva Toshkentda kontsert beradi

© Sputnik/ Vitaliy Belousov
Madaniyat
Havola olish
42763

“Istiqlol” sanʼat saroyida oʻtishi rejalashtirilgan kontsert 19:00 boshlanadi. “VIA Gra” guruhining sobiq aʼzosi, mashhur, jozibali xonanda kontsert boshlanguniga qadar serquyosh Oʻzbekistonimizning iliq ob-havosidan bahramand boʻlmoqda.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda Vera Brejnevaning yakkaxon kontsert dasturi boʻlib oʻtadi.

“Istiqlol” sanʼat saroyida oʻtishi rejalashtirilgan kontsert 19:00 boshlanadi. “VIA Gra” guruhining sobiq aʼzosi, mashhur, jozibali xonanda kontsert boshlanguniga  qadar serquyosh Oʻzbekistonimizning iliq ob-havosidan bahramand boʻlmoqda.

"Assalomu alaykum, Toshkent! Tashqaridagi ob-havoga qarab, kalendar 15-dekabrni koʻrsatib turganiga ishonish qiyin!", — yozadi sanʼatkor oʻz “Instagram”ida.

Chiptalarni “Istiqlol” sanʼat saroyi kassalaridan xarid qilish mumkin. Chiptalar narxi 100 000 dan 800 000 soʻmgacha.

Vera Brejneva yaqinda reper T-killah bilan hamkorlikda “Etaji” nomli yangi klipni oʻz muxlislari eʼtiboriga havola qildi. Klip muxlislar eʼtiborini qozonishi uchun ikki sanʼatkor, hatto, osmonoʻpar binoga chiqishdan ham qoʻrqmadilar. Klip Moskva shahri markazidagi 22 qavatli bino tomida suratga olindi.

Bugungi kontsertda xonanda oʻzining ushbu yangi trekini ham ijro etsa, ajabmas.

 

Asosiy mavzular