Talabalar Amir Temurning 680-yilligiga bag‘ishlab yangi sayt yaratishdi

Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida buyuk Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatini dunyoga keng targ‘ib etish hamda tavalludining 680-yilligiga bag‘ishlab yaratilgan www.sohibqiron.uz saytining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 8 apr — Sputnik.  Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida buyuk Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatini dunyoga keng targ‘ib etish hamda tavalludining 680-yilligiga bag‘ishlab yaratilgan www.sohibqiron.uz saytining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Amir Temurning shaxsi va amalga oshirgan ishlariO‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin keng o‘rganib targ‘ib qilina boshladi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining bir guruh iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan www.sohibqiron.uz sayti ham ushbu yaxshi niyatli ishlar qatoridan o‘rin oldi. 

Ushbu saytning interfeysi oddiy bo‘lib, uning menyusi 15 bo‘limdan iborat. Bo‘limlar Amir Temurning Tarjimai holi, Siyosati,Sohibqiron haqidagi rivoyatlar, Fotogalereya, Videogalereya va Yangiliklar kabi bo‘limlardan tashkil topgan. Saytda temurshunos va tarixchi olimlarning ilmiy manbalari, tarixiy asarlardan olingan ma’lumotlar va videolavhalar joy olgan. Jahon ahlining Amir Temur siymosiga bo‘lgan qiziqishi, taniqli olimlarning Sohibqiron haqidagi fikrlari keng o‘rin egallagan.

Foydalanuvchilar sayt orqali Amir Temur faoliyati va hayoti haqidagi elektron resurslarni ko‘chirib olish imkoniyatiga ham ega. Barcha manbalar o‘zbek, ingliz va rus tillarida qo‘yilgan.

© sohibqiron.uzAmir Temurga bag‘ishlangan sohibqiron.uz sayti
Amir Temurga bag‘ishlangan sohibqiron.uz sayti - Sputnik O‘zbekiston
Amir Temurga bag‘ishlangan sohibqiron.uz sayti
Yangiliklar lentasi
0