03:32 15 Dekabr 2017
Efir
Mikrofon. Arxiv surat

Oʻzbek estradasiga nazar: zamonaviy qoʻshiqlar haqida luqmalar

© Flickr/ Ben Grey
Madaniyat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
115733720

Yaqinda"Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi rahbariyati gazeta oʻqimaydigan, TV tomosha qilmaydigan, dunyoda kechayotgan voqealarda bexabar xonandalarni qayta oʻqitish, ularning maʼnaviyatini oshirish zarurligi haqida fikr bildirdi. Faqat... nima sababdan birlashma xonandalardagi ayrim qusurlarni bunchalik kech "payqab" qolgani taajjub uygʻotmoqda.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Oʻzbek estrada yulduzlari ijrosidagi "ajabtovur" qoʻshiqlar matni borasida bunga qadar ham toʻxtalganman. Kaminani faqat bir narsa qiziqtiradi, "Oʻzbeknavo" rahbariyati "oʻqitish" mashgʻulotlarini xonandalardan emas, balki oʻz tarkibidan boshlagani maʼquldir…

Nega desangiz, bizga maʼlumki, bugungi kunda odamning goh ensasini qotirib, goh kulgisini qistayotgan qoʻshiqlar Birlashma badiiy kengashi tasdigʻidan oʻtmoqda.

Endi esa, zamonaviy qoʻshiqlarda tez-tez quloqqa chalinadigan gʻalati iboralarga qaytamiz.

Shohruhxon. "Koʻzlarim seni izlash bilan ovora". Oʻzlari-chi? Oʻzlari esa qoʻshiq kuylayapti!

Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodiyeva. Arxiv surat
Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodiyeva

"Shahlo ikki koʻzingiz", deb kuylanadi qoʻshiqlardan birida. Tasanno!!! Xonanda mantiqni yaxshi bilarkan, faqat uchinchi va toʻrtinchi koʻzlar haqida savol tugʻilsa nima derkin?

"Mening koʻnglim senda, seniki qay yonda?» deb kuylaydi Shahlo Ahrorova. Xonandaning koʻngil haqidagi tasavvuri gʻalati. Biror chetda dumalab yotgan moddiy narsa, deb oʻylaydimi?

Budur esa hatto oʻziniyam yaxshi tushunmaydi. "Nazarimda men ham seni tinch qoʻymayman!" deb kuylaydi u "Goʻyo" nomli qoʻshigʻida.

"Dod degim kelyapti dastingdan", deb kuylaydi xonanda Feruza Karimova. Qizlarimiz, ayollarimiz sanʼatga ham oʻz oilaviy mashmashalarini olib kirayotgani qiziq.

Munisa Rizayevaning Shahzod Murodov bilan kuylagan "Oʻjar" duetini koʻrib, xonanda anchadan beri toʻplab yurgan jahlini shu qoʻshiq orqali rosa toʻkib solibdi-da, dedim. Yigitga shunchalar doʻqlaydiki, qoʻshiq emas, qargʻish aytayotgandek tuyuladi. Qoʻshiqchilik sanʼati janjallashadigan joymi?

Farhod Saidovning "Qizmi bu, kiyikmi bu?" degan iborasini kulgi qilmagan qiziqchi qolmadi… Gap shundaki, kiyik koʻproq oʻzimizning xonaki jonivor – echkiga oʻxshab ketadi-da. Farhod Saidov ijrosida-ku, ayniqsa.

Shu xonandaning "Meni sevsang" qoʻshigʻi(aytgancha, "Meni sevsang kiyim yarashgan, yarashmagan chogʻimda ham sev!".. — sevgi ijtimoiy buyurtmalar bilan tartibga solinmaydi axir!)ga suratga olingan klipda AN-2 samolyoti (aviatsiyaning traktori, deyish mumkin) toʻsatdan halokatga uchrab, uchuvchi yigit gadoytoppas yerga qulaydi (?!) yo xotirasini yoʻqotadi yoki oʻsha yerdan oʻz vataniga qaytolmaydi.

30-40 yil nari-berisida yurtiga qaytib, qarib ketgan sevganini uchratadi. "Kukuruznik"da qanday qilib shuncha olisga ketgan boʻlsa? Bu klip dunyo miqyosdagi mavzuni mahalliy darajaga koʻchirish qanchalar oʻxshovsiz va kulgili chiqishini isbotlaydi.

Izatilla Shukurovning qoʻshigʻidan misralar:
"To soʻnggi nafasim berguncha bu dunyo
sen meni koʻp etma umidvor".

Xonanda nima demoqchi oʻzi? Birinchidan, dunyo nafas bermaydi. Ikkinchidan, gapning birinchi boʻlagi ikkinchi boʻlagiga umuman mos kelmayapti. Xohlagan joyga xohlagan soʻzni tiqib, gap yasab ketaverish mumkin ekan-da. Hatto sheʼrda ham gapda mazmun boʻlishi lozim!

Farhod va Shirin "Omon boʻlaylik"ni aytib, yana bir karra oddiy haqiqatni isbotladi – ularga birovlarning qoʻshigʻi juda yarashadi.

Yaqinda Sardor Rahimxon ham ona haqida kuyladi. Tasanno! Barcha xonandalar uchun bu  mavzuda kuylash yozilmagan qoidaga aylangan. Lekin otalar-chi? Ular haqidagi qoʻshiqlar barmoq bilan sanarli. "Kango" saqichiga rahmat! U "Dadangga qani?" shiorini oʻrtaga tashladi. (Dadalar hech boʻlmasa saqich chaynab oʻtirsin, demoqchidir-da.)

Jozibali chiqqan soʻzni takrorlayverish qoʻshiqchilikning katta muammosi. Bu shu darajaga yetyaptiki, ayrim qoʻshiqlar deyarli bir-ikki soʻzdangina iborat boʻlib qolmoqda. "Shahzod" guruhining "Yoʻq, dema" qoʻshigʻida bir naqoratda "dema" soʻzi 40 marta takrorlanadi. Naqoratning oʻzi toʻrt marta takrorlansa, qoʻshiqda bir soʻz 160 marta aytilgan boʻlib chiqadi.

Manzuraning "Lazgi" qoʻshigʻidayam "lazgi" soʻzi 100  martadan ortiq ishlatilgan.

Dildora Niyozova shirin xotira va tuygʻularni uygʻotadigan ohangga moslab, Toshkent haqida qoʻshiq kuyladi:

"Sen non shahri boʻlgansan,
Va hozir ham shundaysan".
Toʻgʻri, Dildora xohlasayam yomon kuylolmaydi, lekin "boʻlgansan"ni "shundaysan"ga, "tonggacha"ni "osmongacha"ga qofiyalash, toʻgʻrirogʻi, shularni qofiya, deb oʻylash kimning xayoliga kelgan boʻlsa?

Qoʻshiqchilikda qofiyaga umuman eʼtibor berilmay qoʻydi. Ashulachilarimiz negadir soʻz soʻngidagi qoʻshimchalarni qofiya deb sanay boshladi. Faqat Feruza Karimovagina qofiyaga urgʻu beradi. Lekin u ham mazmun va mantiqning hisobidan. Xonandaning qoʻshigʻiga qofiya siqqan-ku mantiq va mazmunga joy qolmagan.

Bugun qoʻshiqchilik sheʼriyatni tan olmaydi. Xonandalarimiz oddiy soʻzlarni sal choʻzib aytsang qoʻshiq boʻladi, qofiya esa ortiqcha dahmaza, deb oʻylaydi. Albatta, tushovi uloviga mos, deb adabiyot oʻqimaydigan muxlisga shuyam boʻlaveradi, deb hisoblashar-da.

Holbuki, yaxshi qoʻshiq faqat va faqat yaxshi sheʼrdan dunyoga keladi. Har qanday mashhur xonandaning ortida albatta iqtidorli shoir boʻladi.

Shuhrat Umarning "Yetolmadim" qoʻshigʻiga ishlangan klip gʻoyasi, adashmasam bundan burun ham ikki marta "ishlatilgan" (dovdir rejissyor, klip oldirmoqchi boʻlgan xonanda va prodyuseri). Klipda hind sauntreklarini  parodiya qilmoqchi boʻlishgan-u (qiziq, jiddiy qoʻshiq va jiddiy mavzu fonida), oʻzlari parodiya boʻlib qolgan. Jahongir Poziljonovdan oʻrganishsa boʻlarkan. U haqiqatan parodiya qilib, oʻzi parodiyaga aylanmaydi.

Bugun har ikki klipdan birida Muhabbat Qurbonova, Parizoda va Jumadilla Rametovning mashinasi suratga tushmoqda.

Munisa Rizayeva «Lol qolaman» qoʻshigʻida yigitning sabriga lol qolib, oʻziga boʻlgan otashin ishqini pinhon tutishidan noliydi. Gʻalati, oʻzi hali aytmagan boʻlsa, birovning koʻnglidagi otashin ishqni qanday bildi-yu, bundan kerilishi nimasi? Balki, u yigit umuman sovuqqondir, hech kimni umuman sevmas. Shuning uchun sizga eʼtiborsizdir? Oʻzi, ayrimlarni tushunish qiyin, sevsa "sevadi", deb jar soladi, sevmasa ham "sevadi", deb jar soladi.

Xonanda Munisa Rizayeva
© Sputnik/ Valeriy Levitin
Xonanda Munisa Rizayeva

Asosiy mavzular