18:13 23 Oktyabr 2017
Efir
Lola Karimova-Tillyayeva

Lola Karimova Los-Anjelesdagi "Oltin globus" kinofestivalida namoyon boʻldi

© Central Asian Fashion Blog
Madaniyat
Havola olish
125221

Qizil yoʻlakchada Lola Karimova-Tillyayevadan tashqari Gollivudning koʻplab mashhur yulduzlari suratga tushishdi

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan "Oltin globus-2017" kinofestivalining qizil yoʻlakchasida namoyon boʻldi. Bu haqda CAFB.Asia saytida maʼlum qilindi.

Lola Karimova-Tillyayeva "Oltin globus" qizil yoʻlakchasida Tom Ford libosida koʻrinish bergan.

Qizil yoʻlakchada Lola Karimova-Tillyayevadan tashqari Gollivudning koʻplab mashhur yulduzlari suratga tushishdi.

"Oltin globus" kinomukofotining 74-taqdimot marosimi 8 yanvardan 9 yanvarga oʻtar kechasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur kinomukofot 1944 yildan buyon Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi tomonidan har yili kino va televideniye sohasida yutuqlarga erishganlarga beriladi.

Asosiy mavzular