Yulduz Usmonova aprelda konsert beradi

Obuna bo‘lish
Konsertda xonanda o‘tgan yillarda xit bo‘lgan va yangi qo‘shiqlarini ijro etishi kutilmoqda

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Aprel oyida mashhur xonanda Yulduz Usmonova uzoq vaqtdan buyon kutilgan konsert dasturi bilan muxlislarini xushnud etadi. Xonanda bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

11 apreldan 23-aprelga qadar "Istiqlol" san’at saroyida Yulduz Usmonova yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsertda u o‘tgan yillardagi xit bo‘lgan va yangi qo‘shiqlarini ijro etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova Konstitutsiya qabul qilinganligining 24-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram konsertida chiqish qilishi orqali katta sahnaga qaytdi. Xalq artisti shu kuni "Hamroz" qo‘shig‘ini ijro etdi.

Xonandaning sahnaga chiqishi o‘zbekistonliklar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi, zero Yulduz Usmonova uzoq vaqtdan buyon faqatgina to‘ylar va shaxsiy tadbirlarda chiqish qilayotgandi.

Yangiliklar lentasi
0