Toshkentda Germaniyaning eng yaxshi filmlari bepul namoyish etiladi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishKinoteatr
Kinoteatr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha filmlar nemis tilida namoyish etiladi. Namoyishlar soat 18.30da boshlanadi va kirish bepul

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Toshkent Gote-Instituti "Germaniyaning yangi kinolari" turkum kinonamoyishini boshlaydi, deb xabar bermoqda nuz.uz. 2017-yilning fevral va mart oylarida tomoshabinlar jahonda yuqori baholarga sazovor bo‘lgan oltita filmni ko‘rishlari mumkin.

8 fevralda "Gerbert" dramasi namoyish etiladi. Mazkur film o‘limiga olti oy qolgan bokschi haqida bo‘lib, Deutscher Filmpreis 2016 milliy mukofotini, "Eng yaxshi film" va "Eng yaxshi erkak roli" yo‘nalishlarida LOLA kumush mukofotini qo‘lga kiritgan.

15 fevral kuni toshkentliklar "Barbara" filmini tomosha qiladilar. Barbara ismli shifokor haqidagi mazkur film 2012-yilgi Berlin kinofestivalida "Kumush ayiq" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida bitim imzolandi

22 fevral kuni "Zulmat dunyo" filmi namoyish etiladi. Film Deutscher Filmpreis 2014 kinofestivalida mukofotga erishgan.

1 mart kuni "Super-ego" komediyasi taqdim etiladi. Film Nik ismli o‘g‘ri haqida.

8 mart kuni "Fukusimadan salomlar" dramasi namoyishi o‘tkaziladi. Film qahramoni Mariya Yaponiyaga boradi va bu yerda turli sarguzashtlarga duch keladi. Drama Deutscher Filmpreis 2016 festivalining mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

15 mart kuni tomoshabinlar uchun "Viktoriya" trilleri premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu film Deutscher Filmpreis-2015 festivalining oltita mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Barcha filmlar nemis tilida namoyish etiladi. Namoyishlar soat 18.30da boshlanadi va kirish bepul.

Yangiliklar lentasi
0