Sardor Milano AQShda konsert beradi

© Foto iz lichnogo arxiva pevsaSardor Milano
Sardor Milano - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning NTV telekanali tomonidan tashkil qilingan "Glavnaya ssena" ko‘rik tanlovi g‘olibi, ORT telekanalining "Golos" tanlovi finalisti Sardor Milano Mayamida konsert beradi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Ushbu yilning 20-yanvarida AQShda Sardor Milanoning konserti bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.   

"MAYAMI!!, 20-yanvarda sizlarni Oazisda o‘z konsertimda kutaman!", — deb xabar qoldirdi Sardor Milano o‘zining Facebookdagi sahifasida.  

AQShda bir nechi yildan beri yashayotgan o‘zbekistonlik xonanda Larisa Moskaleva ham Yosh xonandani qo‘llab quvvatladi.

"Do‘stlar! Mayamida misli ko‘rilmagan hodisa! Sardor bizdan xabar olgani kelmoqda, lekin biz uni osongina qo‘yib yuboradiganlardan emasmiz!))) Hamangizni ushbu  betakror artistni yaqindan ko‘rish va eshitishga taklif qilaman! Uning ovozi ajoyib! Sardor sen samoviy iste’dod egasi ekaningni hamma aytmoqda, lekin sening ajoyib inson ekanligingni — men aytaman!", — dedi larisa Moskaleva.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Milano yaqinda, "Istiqlol" san’at saroyida bo‘lib o‘tgan "Qor Malikasi" nomli yangi yil musiqiy spektaklida bosh rollardan birini ijro etdi. OAVlarda o‘tgan yildan beri Sardorning Toshkentda yakkaxon konserti haqidagi xabarlar bir necha bor tarqalgan bo‘lsada, lekin konsert hali tashkil qilingani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0