"Daydi" filmi rejissori: U Morgan Friman emas, uning qiyofadoshi

© "Darakchi"Bu Morgan Friman emas
Bu Morgan Friman emas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan "Daydi" filmining premyerasi Gollivud aktori Morgan Friman sababli qoldirilgandi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. "Daydi" badiiy filmi rejissori Sirojbek Abdullayev ushbu film suratida Morgan Friman emas, balki uning O‘zbekistondagi o‘xshash chehrasi, ya’ni qiyofadoshi tasvirlanganligini bildirdi, deb yozadi "Darakchi".

O‘tgan haftada o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan "Daydi" filmining premyerasi Gollivud aktori Morgan Friman sababli qoldirilgandi.

Daydi filmi reklamasi - Sputnik O‘zbekiston
Morgan Friman "ishtiroki" tufayli o‘zbek filmi premyerasi to‘xtatib qo‘yildi

"O‘zbekkino" MA tomonidan taqdim etilgan rasmiy bildirishnomada "TIMUR FILM" MChJ tomonidan suratga olingan "Daydi" badiiy filmini jamoatchilik orasida targ‘ibot qilishda bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangani ma’lum qilingandi.

Jumladan, mazkur filmning treyleri, bannerlari va chiptalari chiqarilib, ularda mashhur kinoaktor Morgan Frimanning 2014-yilda ishlab chiqarilgan "Last Knights" ("So‘nggi ritsarlar") filmida suratga tushgan qiyofasi aks ettirilgan. Ammo aktorning qiyofasi filmning agentlikka taqdim etilgan nusxasida bo‘lmagan.

"O‘zbekkino"ning ma’lumot berishicha, "TIMUR FILM" MChJ tomoshabinlarning filmga nisbatan talabini kuchaytirishga erishish maqsadida mashhur kino yulduzini filmda suratga tushganligini bildiruvchi yolg‘on (chalg‘ituvchi) ma’lumotlar tarqatib, iste’molchilarning (tomoshabinlar) huquqlarini paymol qilgan.

Xabarda aytilishicha, tahririyat ushbu holat yuzasidan izoh olish maqsadida film rejissori Sirojbek Abdullayev bilan bog‘langan.

© "Darakchi"Daydi" filmi rejissori: U Morgan Friman emas, uning qiyofadoshi
Eto ne Morgan Friman - Sputnik O‘zbekiston
Daydi" filmi rejissori: U Morgan Friman emas, uning qiyofadoshi

Rejissor filmdagi Morgan Friman emasligini, uning O‘zbekistondagi o‘xshash chehrasi, ya’ni qiyofadoshi ekanligini ma’lum qilib, ushbu suratni taqdim etgan.

Bu qiyofa qanday yaratilganligi yoxud bu inson aslida kimligi to‘g‘risidagi savollarga javob olinmagan.

"Suratlar borasida biror fikr bildirishni lozim topmadik, xulosa chiqarish muxlislarga havola", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0