Bu yil kimlar “E’tirof” etildi

© uz24.uzUzbekskiy "Oskar" - "E’tirof"
Uzbekskiy Oskar - E’tirof - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
E’tirof mukofoti iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash, mumtoz qo‘shiqchilik, milliy estrada, raqs san’ati, jahon musiqa merosi, teatr va kino san’ati, adabiyot, musavvirlik, dizayn, jurnalistika sohalari rivojiga hissa qo‘shib, san’atkorlarni yanada ilhomlantirish va rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Kecha, 14-fevral kuni “Istiqlol” san’at saroyida 2016-yilda adabiyot, madaniyat, san’at, hunarmandchilik, axborot vositalari va sport sohalarida samarali mehnat qilgan ijodkorlar, ustalar, bolovchilar, yozuvchi va tanqidchilar, rassom va murabbiylarga sohaning oliy — “Etirof” mukofoti taqdim etildi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi xabariga asosan.  

Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, Yoshlar markazi tomonidan tashkil qilingan “Etirof” mukofoti beriladigan nominatsiyalar soni 49taga yetdi. nominatsiyalar qatoriga “Eng yaxshi yozuvchi”, “Eng yaxshi shoir”, “Eng yaxshi operator” kabi yangi yo‘nalishlar kiritildi. 

"E’tirof"ning xolisligini ta’minlash maqsadida hay’at a’zolari sahna ortida joylashgan maxsus xonada majlis o‘tkazib, har bir nominatsiyaga qo‘yilgan uch nomzoddan birini tanlab olishdi. Ba’zan g‘olibni tanlash oson kechmadi, bahs va muhokamalar kam bo‘lmadi. Mukofotga madaniyat, san’at, badiiy ijod va sport sohalarining 120ga yaqin eng ilg‘or vakillari da’vogarlik qilishdi.

Teatr, kino va ommaviy tomoshalar yo‘nalishi

"Yilning eng yaxshi spektakli” - Samarqand viloyati musiqali drama teatrining "Mirzo Ulug‘bek” spektakli. “Mirzo Ulug‘bek”, “Alisher navoiy” va “Al-Farg‘oniy” spektakllaridan o‘zib ketdi.

"Yilning eng yaxshi teatr aktori”- Tohir Saidov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktori.  "Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi”- Dilorom Abduolimova, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri aktrisasi. "Yilning eng yaxshi teatr rejissori” — Olimjon Salimov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri rejissori. "Yilning eng yaxshi dramaturgi” — Erkin A’zam, turkum dramalri uchun"Yilning eng yaxshi sahna rassomi” — Sergey Chernov, O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rassomi

"Yilning eng yaxshi kinofilmi” — Rustam Sa’diyevning "Baron” badiiy filmi. “Baron”  "Ma’suma” va "Usturtga yo‘l” badiiy filmlaridan o‘zib ketdi. Eng yaxshi kino aktor — Farhod Abdullayev,  "Dadam betob” badiiy filmidagi ijrosi uchun. Nomzodlar — Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulovlar. Eng yaxshi kino aktrisa — Ilmira Rahimjonova, "To‘maris”dagi bosh rol ijrosi uchun. 

"Chet mamlakatlardagi eng yaxshi filmlar aktori” — Farhod Mahmudov. "Yilning eng yaxshi kino rejissori” — Rustam Sa’diyev, "Baron” badiiy filmidagi rejissorlik ishi uchun. Eng yaxshi kino ssenarist — Zulfixar Musakov,  "Xazonrezgi" hamda "Dadam betob” badiiy filmidagi mualliflik ishi uchun.  Eng yaxshi kino operator - Rustam Murodov, "Baron” badiiy filmidagi operatorlik ishi uchun.

"Yilning eng yaxshi sirk artisti” — Anjelika Yunusova.

 An’anaviy qo‘shiqlar, estrada, opera va raqs san’ati

"Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi” — Shoxruh Yo‘ldoshev (Shoxruhxon). "Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi”  Zilola Musayeva (Shaxzoda). "Yilning eng faol guruhi” — "Surxon” guruhi. "Surxon” — "Sado” guruhi, "Sharq” guruhlarini ortda qoldirdi. "Eng yaxshi an’anaviy qo‘shiqlar erkak xonandasi” — Yaxyo va Muxsin Mo‘minovlar. "… eng yaxshi an’anaviy qo‘shiqlar ayol xonandasi”- Raxila Rozumova.   

"Yilning eng yaxshi opera xonandasi” — Rahim Mirzakamolov. "Yilning eng yaxshi musiqa ijrochisi”- Ikrom Matanov (Qo‘shnay). "Yilning eng yaxshi baletmeysteri” — Qodir Mo‘minov, "O‘zbekiston" ashula va raqs ansambli badiiy rahbari. "Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi”- Sherzod Kenjabayev, "O‘zbekiston" ashula va raqs ansambli balet artisti,  Dilnoza Ortiqova (Xorazm lazgi ansambli). "Yilning eng yaxshi bastakori”- Shuhrat Zokirov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi. Yilning eng yaxshi musiqa sayqalchisi”- Farhod Abdullayev. 

TASVIRIY VA AMALIY SANЪAT YO‘NALIShI

"Yilning eng yaxshi rassomi”- Hakim Mirzaahmedov. ".. eng mohir hunarmandi”-  Raxmatulla Zokirov (Sozgar). "… eng yaxshi haykaltaroshi”- Qurbon Norxo‘rozov.  "Yilning eng yaxshi san’atshunosi”- Kamola Oqilova, O‘zbekiston va chet ellarda tan olingan tajribali san’atshunos.   

BADIIY IJOD, JURNALISTIKA VA TELEVIDENIE YO‘NALIShI

"Yil teleloyihasi”- Sevara O‘rinboyeva, "Mening ovozim” tok-shou loyihasi. "Yil radioloyihasi”- Gulnoz  Mo‘minova, "Asl san’at xaqida o‘ylar”. Eng yaxshi boshlovchi — Ma’rufjon Xo‘jaqulov,  "Sport” telekanali, Eng yaxshi teleradio jurnalist — Aziza Qurbonova, "Yoshlar” teleradiokanali. 

"Yilning eng yaxshi shoiri”- Zebo Mirzayeva, "Ishq” she’rlari to‘plami va matbuotda e’lon qilingan turkum she’rlari uchun.  Eng yaxshi yozuvchi – Xurshid Do‘stmuhamedov, 2016-yil "O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan "Donishmand Sizif” romani uchun.

"Yilning eng yaxshi publitsisti” — Begzod  Shukurov, turkum publitsistikk maqolalari uchun. "Yilning eng yaxshi munaqqidi”(tanqidchisi) — Naim Karimov.

SPORT YO‘NALIShI

"Yil sportchisi” — Hasanboy Do‘smatov, shubhasiz. "Yilning sport murabbiyi”- Bahrom Abdumalikov, Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bosh murabbiyi. "Yilning eng yaxshi paralimpiadachisi”- Xusnuddin Norbekov, Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi. "Yilning eng yaxshi ayol sportchisi”- Fotimaxon Amilova, suzish bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi. 

E’tibor, ehtirom, e’zoz yo‘nalishlari bo‘yicha

"Yil e’tirofi” nominatsiyasiga munosib topilganlar: O‘lmas Saidjonov,  Po‘lat Saidqosimov, Galina Melnikova, Anor Nazarov, Ravshan Mirtojiyev, Qunduz Mirkarimova, Nasiba Maqsudova.

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning "Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?" nomli qo‘shig‘i bilan yakunlandi.

Yangiliklar lentasi
0