"Hasad qilmang Xorazmning qizlariga": Jahongir Otajonovning Yulduz Usmonovaga javobi

© Ofitsialniy sayt Yulduz UsmanovoyO‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2005-yildagi konsert dasturida "Xorazmlik qizlarga" nomli qo‘shiq kuylagan edi. Oradan 12-yil o‘tib, xonanda Jahongir Otajonov "Yulduz Usmonovaga..." deb atalga javob taronasini kuyladi

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Xonanda Jahongir Otajonov 11-12-13 mart kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan konsertia Yulduz Usmonovaga atab qo‘shiq kuylashini ma’lum qildi, deb yozgan "Darakchi" nashri.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2005-yildagi konsert dasturida "Xorazmlik qizlarga" nomli qo‘shiq kuylagan edi, Jahongir Otajonovning "Yulduz Usmonovaga…" atalgan taronasi esa ushbu qo‘shiqqa javob bo‘ladi.

Jahongir Otajonov o‘zining ushbu taronasi shunday degan:

"Mazkur taronam Yulduz Usmonovaning bundan bir necha yil avval kuylangan taronasiga javoban kuylangan. O‘shanda Yulduz Usmonova tomonidan kuylangan mazkur qo‘shiq menga tekkandi.

Ushbu qo‘shig‘imni yaratganimga ancha bo‘lgan biroq ayrim sabablarga ko‘ra qo‘shiq taqdim etilmagandi. Yangi konsertimda xorazmlik opa singillarim uchun javob berishga qaror qilib, "Xush kelibsiz Xorazmga" deb qo‘shiq kuyladim.

Kim qayerda yursa yurtim bag‘ri kengdir
Qay millatu, qay shevada bari tengdir,
Deya ko‘rmang, bir birovga kim u mengdir
Hasad qilmang Xorazmning qizlariga

Yulduz tugul oy chiqolmas tizlariga…

Yulduz Usmonovani san’atkor sifatida hurmat qilaman, ustoz deb bilaman. Balki Yulduz Usmonova meni yomon ko‘rib qolar ushbu qo‘shig‘imdan so‘ng, ammo barbir kuylayman.

Mening maqsadim xorazmlik opa-singillarimning javobini qaytarish, xorazmlik yigit sifatida bu meni burchim deb bilaman", — deya fikrini bildirgan Jahongir Otajonov.

Yangiliklar lentasi
0