Buxoroda "Ipak va ziravorlar" festivali bo‘lib o‘tadi

© "Uzbekturizm"Buxoroda "Ipak va ziravorlar" festivali
Buxoroda Ipak va ziravorlar festivali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Festival doirasida qo‘chqor va xo‘roz urushtirish, dorda yurish kabi xalq o‘yinlari ham tashkil qilinadi

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. 26 maydan 28-mayga qadar Buxoro shahrida "Ipak va ziravorlar" XVI festivali bo‘lib o‘tadi. Har yili tashkil etiladigan festival doirasida turli xil tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qilgan NAESMI.

Xabarga ko‘ra, shaharning tarixiy qismida joylashgan oziq-ovqat yarmarkasida tadbirkor va mutaxassislar o‘z ziravorlarini namoyish etishadi.

"Euronews" Buxoro gumbazlari haqida ko‘rsatuv tayyorladi
Usta-hunarmandlar master-klasslar va o‘zbek milliy hunarmandchiligi ko‘rgazmalarini o‘tkazishadi. Ular orasida gilamdo‘zlar, kulollar va temirchilar, zargar va boshqalar ishtirok etadi.

Qo‘chqor va xo‘roz urushtirish, dorda yurish kabi xalq o‘yinlari ham tashkil qilinadi.

"Palov sayli" respublika viloyatlarining eng mohir oshpazlarini jamlaydi.

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hamda "Hunarmand" uyushmasi tomonidan yosh dizaynerlarning atlas va adrasdan tayyorlangan kiyimlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

Shuningdek, mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan folklor jamoalari konsertlari hamda mashhur va yosh san’atkorlar ishtirokida gala-konsert o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0