Taniqli o‘zbek kinoaktori Rossiya serialida suratga tushdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishKinolenta
Kinolenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aktor serialda Tumendan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgan neneslarning Tinzan qishlog‘i raisi rolini ijro etgan

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Taniqli o‘zbek kinoaktori Sa’dulla Moldaxanov TNT telekanali orqali namoyish etilayotgan "Adaptatsiya" nomli Rossiya serialida rol ijro etdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Aktor serialda Tumendan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgan neneslarning Tinzan qishlog‘i raisi rolini ijro etgan.

Press-konferensiya s uchastiyem akterov filma Razborka v Manile - Sputnik O‘zbekiston
Akter Dmitriy Dujev filmida suratga tushish uchun Toshkentga keldi

Serialda Moldaxanovning qahramoni neneslarning yerida uglevodorod qazib olishni maqsad qilgan "Gazprom" bilan muzokaralarda qishlog‘i manfaatini himoya qiladi hamda pul evaziga qishlog‘ini sotishga tayyor shamanga qarshi kurashadi.

Qayd etish joiz, Moldaxanov uchun Rossiya filmlari va seriallarida suratga tushish yangilik emas. U ilgari "Admiral", "Visoskiy. Tirik ekansan, rahmat", "Murom yo‘lida", "Chegarada turibman" kabi qator filmlarda suratga tushgan. Iste’dodli aktor bu filmlarda asosan qozoq, xitoy, evenk, hindu va o‘zbeklar rolini ijro etgan.

"Adaptatsiya" seriali "Gazprom"ga joylashish uchun maxsus topshiriq bilan kelgan amerikalik josus haqida bo‘lib, ijodkorlarning aytishlaricha, serial nafaqat kulgili, ayni paytda o‘tkir kinoyali loyiha hamdir.

Yangiliklar lentasi
0