TATUga al-Xorazmiy nomi berildi

© tuit.uzTATU
TATU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetda o‘n mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda, uning filiallari Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Urganch, Nukus shaharlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston Prezidentining  "Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga  Toshkent Axborot Texnologiyalari institutiga al-Xorazmiy nomi berildi, deb xabar qilmoqda Universitet rasmiy sayti. 

"Mazkur qaror bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi, shuningdek, 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Universitetda ulug‘ alloma nomini abadiylashtirish hamda uning buyuk va bebaho merosini keng o‘rganish bilan bog‘liq qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi", — deyilgan oliy o‘quv yurti sahifasida e’lon qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy 783-yilda Xivada tavallud topgan. Al-Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya va boshqa fanlarning ilmiy yo‘nalishlarida ko‘plab qomusiy asarlar yaratgan. Algebra faniga asos solib, fundamental ma’lumotlar, traktatlarni ilmiy bayon etish qoidalarini ishlab chiqqan.

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
TATU rahbari virtual qabulxona ochgan birinchi rektor bo‘ldi

Prezident Qarorida, shuningdek, Universitetning iqtidorli talabalari uchun beriladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyani joriy etish, universitet qoshidagi "Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazi" o‘rnida "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi" va Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilish zarurligi ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Qabul qilingan qarorning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasiga mablag‘lar mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatadigan kompaniyalar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan to‘lovdan tushadigan mablag‘larning 1,0 foiz miqdoridagi ajratmalar va qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bugungi kunda Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, komputer injiniringi, dasturiy injiniring, pochta aloqatexnologiyalari kabi o‘nlab ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘n mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. Universitet filiallari Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Urganch, Nukus shaharlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0