17:18 24 Iyun 2017
Efir
Kazaxskiy pevets Kuandыk Raxыm

Qozogʻistonlik xonanda oʻzbek “yulduzlariga” oʻrnak koʻrsatdi

© vk.com
Madaniyat
Havola olish
2787161

Qozogʻistonlik yosh xonanda oʻzbekistonlik bastakor Mirxalil Maxmudovning “Azizim” qoʻshigʻini qozoq tilida kuyladi

TOSHKENT, 18 mar – Sputnik. Qozogʻistonlik yosh xonanda oʻzbekistonlik bastakor Mirxalil Maxmudovning “Azizim” qoʻshigʻini qozoq tilida kuyladi, deb yozadi troll.uz.

Qizigʻi shundaki, qoʻshni mamlakatlik xonanda qoʻshiqni qayta kuylash uchun nafaqat avtor ruxsatini olgan, balkim muallifni oʻz klipida suratga tushishga taklif qilgan.

Bizningcha, oʻrnak olishga arziydigan ajoyib holat. Koʻrib turganingizdek, klipning oʻzi ham Oʻzbekistonda suratga olingan.

Oʻzbekistonlik Dilnoza Akbarova va Jasurbek Jabborovlar boʻlsa “Azizim” qoʻshigʻini #koʻchirmaprodakshn uslubida ijro etishgan.

“Men avtorni qanday topishni bilmadim. Ular qoʻshiqni avtor ruxsatisiz ijro etishgan”, — deb izoh bergan Dilnoza va Jasurbekning prodyuseri. Muallifni topa olmagan emish….

Ushbu qoʻshiq hozir Qozogʻistonda xitga aylangan. Muallif oq fotihasi bilan ijro etilgani tufayli boʻlsa ajab emas…

Eslatib oʻtamiz, "Azizim" ilk bor 1995 yilda chiqqan “Masxaraboz milliy” filmida akterlar Bexzod Nazarov va Lola Eltayevalar tomonidan ijro etilgan edi.

Asosiy mavzular