03:12 17 Dekabr 2017
Efir
Aleksandr Vasilyev

"Modnыy prigovor" boshlovchisi Aleksandr Vasilyev Oʻzbekistonda boʻldi

© Instagram / alexandre_vassiliev
Madaniyat
Havola olish
33261

Rossiyalik moda tarixchisi, sanʼatshunos, teatr rassomi va telekoʻrsatuvlar boshlovchisi Aleksandr Vasilyev oʻz "maktabi" bilan Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkentda boʻldi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Rus va frantsuz modasi tarixchisi, sanʼatshunos Birinchi kanalda"Modnыy prigovor" telekoʻrsatuvi boshlovchisi Aleksandr Vasilyev Oʻzbekistonda boʻldi.

"Buyuk Ipak yoʻli" shaharlari boʻylab deb nomlangan dastur doirasida sanʼatshunos Oʻzbekistonning Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga tashrif buyurdi.

Aleksandr Vasilyev turli mamlakat sanʼati va liboslarini oʻrganishga qaratilgan "sayyor maktab" tashkil qilgan. Ushbu maktab oʻquvchilari Vasilyev bilan birgalikda dunyoning turli mamlakatlariga borib u yerning sanʼati, milliy liboslari va modasini oʻrganadi. Shuningdek, guruh aʼzolari eng chiroy joylari, muzeylari bilan tanishib, chiroyli buyumlar xarid qilishadi.

Vasilyevning sayohati Respublikaning eng qadimiy shahri — Xivadan boshlandi.Keyin sayyohlar Buxoro, Samarqand va Toshkentda boʻlishdi.

"Samarqandga yetib keldik! "Chiroyli" — desam, hech narsa demagandek boʻlaman.Tarifiga soʻz yoʻq", — deb oʻz taassurotari bilan baham koʻrishdi Vasilyev.

Oʻzbekistonda Vasilyev tarixiy obidalardan tashqari Sanʼat muzeyi, Chorsu va Siyob bozorlarida boʻldi. Har bir joyga borganda maestro oʻz taassurotlarini "ajoyib", "qoyilmaqom", "sirli" degan soʻzlar bilan izohladi.

"Buxoro aholisi — mehmondoʻst va xushfeʼl kishilar!", — deb yozadi Vasilyev, va Buxoroda yuz bergan bir kulguli voqeani aytib berdi. "Buxoro ajoyib shahar! Buxorodan Toshkentga uchayapman — styuardessa menga qarab, janob Zaytsev, nega pasportda sizning familiyangiz Vasilyev?", — deb soʻradi, deydi sanʼatshunos.

Aleksandr Vasilyev
Aleksandr Vasilyev

Moda eksperti oʻz sahifasida sayohatdan bir necha chiroyli fotosuratlar joylashtirdi. "Oʻzbekistondan hoyatda zavqlandik! Bu yerga albatta yana qaytib kelamiz!", — deb hikoyasini tugatdi Aleksandr Vasilyev.

Asosiy mavzular