Sherali Jo‘rayev katta konsertga tayyorgarlik ko‘rapti

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, mashhur hofiz Sherali Jo‘rayev konsert dasturi taqdim etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sherali Jo‘rayev konsert dasturi taqdim etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar qildi o‘zining Feysbukdagi sahifasida shoir Muhammad Ismoil.

"Buyuk hofiz "Birinchi muhabbatim", "Turnalar", "Yigitlar", "Hurlar bormish jahonda", "Kelsa gar Navro‘zi olam", "Oshiqlaring sardori menman" singari yuraklarimizga bir umr muhrlanib qolgan shohona taronalardan ham jozibaliroq, yoqimliroq, sevimliroq qo‘shiqlarni bizga armug‘on etishiga ishonamiz. Ko‘ngillar yaxshi qo‘shiqqa muhtoj bo‘ldi. Ancha yillardan buyon ko‘ngillar yaxshi qo‘shiqni sog‘indi. Dilni o‘rtaydigan, dilga olam olam huzur bag‘ishlaydigan, yuraklarni junbushga keltiruvchi qo‘shiqlarni sog‘indi odam. Sherali aka! Biz sizga ishonamiz, biz sizdan yaxshi yaxshi qo‘shiqlar kutib qolamiz!", — deb yozgan Muhammad Ismoil o‘z xabarida.

Sherali Jo‘rayev konsertiga tayyorgarlik avjidaligi ayon. Ammo konsert sanasi ma’lum qilinmayapti.

Yangiliklar lentasi
0