O‘zbekistonda Jaz musiqasi festivali bo‘lib o‘tadi

© Facebook / NÖRD FXNemeskaya djazovaya gruppa NÖRD FX
Nemeskaya djazovaya gruppa NÖRD FX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 1-3 aprel kunlari YuNESKO ko‘magida O‘zbekistonda Jaz musiqasi festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniyaning NÖRD FX guruhi ishtirok etadi.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan III Xalqaro Musiqa festivali doirasida Germaniyaning NÖRD FX jaz guruhi  Buxoro va Toshkentda konsertlar beradi, master-klass va jem-seyshnlar o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Guruh konsertlari Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat konservatiriyasining Katta zalida 1-aprel kuni, Buxoro Musiqali-drama teatrida 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

© Stringer/SputnikNÖRD FX guruhi a’zolari: Daniel Klyayn, Tom Shnayder va Dorian Gollis.
Izvestnaya nemeskaya djazovaya gruppa NÖRD FX vistupit v Buxare i Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
NÖRD FX guruhi a’zolari: Daniel Klyayn, Tom Shnayder va Dorian Gollis.

Undan tashqari NÖRD FX guruhi 31-mart va 1-aprel kunlari Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi va O‘zbekiston Davlat konservatiriyasida master-klasslar o‘tkazadi. 2-aprel kuni esa guruh "Ilhom" teatrida o‘zbek musiqachilari bilan jem-seyshnlar (improvizatsiya) o‘tkazishni rejalashtirgan.  

NÖRD FX guruhi uch musiqachidan iborat: Daniel Klyayn (udarnikchi), Tom Shnayder (fortepiano) va Dorian Gollis (kontrabas).

"NÖRD FX guruhi sahnada o‘zidan ulkan energiya yaratadi. Bunay kuch tinglovchini musiqa haqidagi odatiy tasavvurini buzib yuborishi mumkin", — deyilgan Germaniya elchixonasi xabarida.

Jaz festivali doirasida bo‘lib o‘tadigan konsertlarga chiptalar bepul tarqatiladi. Ularni olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish kerak ku-101@tasc.diplo.de.

O‘zbekistonda YuNESKO qaramog‘ida bo‘lib o‘tadigan festival mahalliy va chet el musiqachilariga ijodiy suhbat o‘tkazish imkonini yaratmoqda. Festival Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qo‘qonda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0