O‘zbek kinoijodkorlari Xitoy kinematograflari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishFilm fondi
Film fondi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va XXR kinematografiya sohasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda qisqa metrajli, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar suratga olish, turli festival va madaniy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha rejalar belgilab olishgan

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Toshkentdagi kinochilar uyida Xitoy Xalq Respublikasi kinematograflari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Ssena iz filma Zulfikara Musakova Papa zabolel - Sputnik O‘zbekiston
Zulfiqor Musoqov Tarantino uslubida yangi kino suratga oldi
Xabarga ko‘ra, uchrashuvda kinematografiya sohasida o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli loyihalar ustida ishlash, hamkorlikda qisqa metrajli, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar suratga olish, turli festival va madaniy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha rejalar belgilab olingan.

"China Film Promotion International" kompaniyasi bosh direktori Gu Guotsin O‘zbekistonlik hamkasblar bilan hamkorlikda professional kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalarni keng joriy qilishga kelishib olganligi haqida ta’kidlagan. "Kelgusida O‘zbekiston bilan hamkorlikda durdona kinoasarlar yaratish niyatidamiz", — degan u.

Uchrashuvda kino sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0