"Million" jamoasi konsertiga kunduzgi seanslar qo‘shildi

Obuna bo‘lish
"Million" jamoasi aprel oyi so‘ngida konsert berishni rejalashtirgan. Guruh a’zosi Davron Kabulov konsert dasturlariga kunduzgi seanslar qo‘shilganini ma’lum qildi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. "Million" jamoasi aprel oyining so‘ngida 5 kunlik konsert dasturini taqdim etmoqda.

Guruh a’zosi Davron Kabulov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida konsert dasturlariga kunduzgi seanslar qo‘shilganini ma’lum qildi.

Publikatsiya ot Davron Kabulov (@davron_kabulov) Apr 18 2017 v 7:29 PDT

 

"Muxlislar talabini inobatga olgan holda va o‘quvchi-talaba yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida "Million" jamoasi aprel oyining so‘ngida bo‘lib o‘tadigan konsertlarga KUNDUZGI seanslar qo‘shilganini ma’lum qiladi:)", — deyilgan xabarda.

Million guruhi - Sputnik O‘zbekiston
Shamani shama qilgan "MILLION"
"Istiqlol" san’at saroyida ayni vaqtda "Million" jamoasi konsertiga chiptalar 15 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha sotilayotgan ekan, bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kassa xodimasi aytdi.

Konsert haqidagi xabar jamoa muxlislarini shoyad quvontirgan ko‘rinadi.

Har holda Davron Kabulovning Instagramm sahifasida konsert haqidagi xabar ostida birorta ham tanqidiy fikrlar uchramadi.

"Bu safar hech kimni taklif kilmanglar. Birov hazilni ko‘taradi birov ko‘tarmaydi. Litsenziyadan mahrum qilishsa yana 2-3 yil millionni konsertini kutib yashaymizmi? Iloji boricha chegaradan chiqmela. IShLARINGGA OMAD", — deb yozgan Ilhom Inomovich.

Tataristonlik bir muxlis esa "bu kunni 2 oydan beri kutayotgani" haqida yozib, konsertga Tataristondan atay uchib kelishini ma’lum qilgan.

Dinora nikli foydalanuvchi esa jamoa a’zolariga "trenirovka" qilishni maslahat bergan. Dinoraning fikricha, "Million" jamoasi a’zolari vazni keyingi vaqtlarda biroz ortgan.

Muxlislarning aksariyati "Million" jamoasiga konsertda omadlar tilab qolishgan.

Yangiliklar lentasi
0