09:39 21 Noyabr 2017
Efir
Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naryadы i Vudi Allen

Oʻzbekistonlik talaba suratga olgan film Kann kinofestivalida namoyish etiladi

© AFP / Antonin THUILLIER
Madaniyat
Havola olish
23620

Filmda oʻzbek aktyorlari Karim Mirhodiyev, Raʼno Shodiyeva va rossiyalik aktyor Dmitriy Dyujev suratga tushgan

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Muxlisa Azizova suratga olgan "U" nomli film 70-Kann xalqaro kinofestivalining qisqa metrajli filmlar yoʻnalishida namoyish etiladi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Film rejissyori Muxlisa Azizova Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi boʻlib, kartina Kinematografiyani rivojlantirish markazi koʻmagida suratga olingan.

Filmni suratga olish ishlari fevral oyida boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbek aktyorlari Karim Mirhodiyev, Raʼno Shodiyeva va rossiyalik aktyor Dmitriy Dyujev suratga tushgan.

Film Ona studentki M.Azizovoy
Film "Ona" studentki M.Azizovoy

8 may kuni boʻlib oʻtadigan film taqdimotida ishtirok etish uchun Toshkentga Dmitriy Dyujev tashrif buyuradi. Aktyor Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari uchun master-klass oʻtkazadi. Shuningdek, uning Oʻzbekiston Rus akademik drama teatrida "Yevgeniy Onegin" monospektaklini ijro etishi rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular