Lola Karimova noyob asarlar yaratgan ijodkor - Shamsro‘y Hasanova haqida post chop etdi

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shamsro‘y Hasanovaning turmush o‘rtog‘i XX asrning yirik rassomi Chingiz Axmarov sharq go‘zallari portretlarini yaratishda o‘z rafiqasining siymosini aks ettirgan, deyishadi

TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbek rassom ayollaridan biri, hayotini san’atga bag‘ishlab, noyob asarlarni yaratgan ijodkor ayol Shamsro‘y Hasanova O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixida munosib o‘rnini egallagan. U o‘zining ajoyib san’at asarlari bilan halqaro ko‘rgazmalarida ishtirok etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova: ayollar hayotning toji, mash’ali va ko‘rkidir
Shamsro‘y Hasanova 1917-yil Toshkentda hunarmandlar oilasida dunyoga keldi. Otasi mohir duradgor, onasi esa kashtachilik san’ati bilan shug‘ullanar edi. 1933-yilda Shamsro‘y Hasanova Toshkentdagi rassomlik bilim yurtiga o‘qishga kirdi. Bu ta’lim dargohida u mashhur rassomlar A. Volkov, P. Benkov va P. Gan kabilardan tasviriy san’at asoslarini chuqur o‘rgandi. Keyinroq taniqli rassom V. Rojdestvenskiy va M. Shemakinlardan shu soha bo‘yicha katta bilimga ega bo‘ldi.

1938 yilda Shamsro‘y Hasanova O‘zbekiston Davlat san’at muzeyiga ishga kirdi va bu madaniy maskanda ekskursovod vazifasidan rahbar lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Aynan muzeydagi faoliyati Sh. Hasanovaga tasviriy san’at durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratib berdi. U sharq miniaturasi san’atini o‘rgana boshladi. Tarixiy portretlarni yaratishga alohida e’tibor qaratib, o‘rta asrlar madaniyati va adabiyoti sohasida faoliyat yuritgan bir qator sharq ayollarining suratini aks ettirdi. Zebuniso, Nodirabegim, Uvaysiy, Mutriba singari shoiralarning obrazi orqali Sharq ayolining ruhiy erkinligini ifoda etishga harakat qildi. Bu mavzu rassomlik bilim yurtida o‘z yaqinlaridan pinhona ta’lim olgan Shamsro‘y uchun juda yaqin edi.

Lola Karimova-Tillyayeva Oltin globus tadbiri vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova kinoproduser sifatida ilk loyihasini taqdim etmoqda
Shamsro‘y Hasanovaning turmush o‘rtog‘i XX asrning yirik rassomi Chingiz Axmarov sharq go‘zallari portretlarini yaratishda o‘z rafiqasining siymosini aks ettirgan, deyishadi.

Shamsro‘y Hasanova 39-yil umr ko‘rdi. Shu qisqa umr davomida u tasviriy san’atning tarixiy portret yo‘nalishi rivojiga katta hissa qo‘shdi, zamonaviy o‘zbek san’atida birinchilardan bo‘lib naturmort janriga qo‘l urdi. Uning asarlari xalqaro maydonda namoyish etilgan.

Jumladan, 1947-yilda Moskva va Pragada, 1948-yilda Parijdagi ko‘rgazmalarda namoyish etilgan.

Shamsiro‘y Hasanova tomonidan yaratilgan san’at asarlari O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0