09:33 21 Noyabr 2017
Efir
Uzbekistanka zavoyevala zvaniye 1-vitse miss yunion v konkurse krasotы

Oʻzbekistonlik qiz xalqaro goʻzallik tanlovida yuqori oʻringa sazovor boʻldi

© facebook.com
Madaniyat
Havola olish
119850

Avstriya poytaxti Venada boʻlib oʻtgan "Miss Yunion-2017" tanlovida ishtirok etgan Dildora Joʻrayeva "1-vitse Miss Yunion" unvoniga loyiq deb topildi

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro goʻzallik tanlovi tarixida ilk marta oʻzbekistonlik qiz yuqori oʻringa sazovor boʻldi. Bu haqda tanlovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Tanlov bosh direktori va asoschisi Gulnora Muhamedovaning bildirishicha, Avstriya poytaxti Venada boʻlib oʻtgan "Miss Yunion-2017" tanlovida ishtirok etgan Dildora Joʻrayeva "1-vitse Miss Yunion" unvoniga loyiq deb topildi.

Uzbekistanka zavoyevala zvaniye 1-vitse miss yunion v konkurse krasotы
Dildora Joʻrayeva

Dildora Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetini bitirgan.  Bir necha yildan buyon Venadagi rieltorlik kompaniyasida ishlaydi.

Tanlovda qizlar oʻz tugʻilib-oʻsgan yurtlarining madaniyati, anʼanalarini hamda oʻz zakovatlarini namoyish etishdi.

Tanlovda ozarbayjonlik Sahar Guliyeva gʻolib deb topildi. Dildora Joʻrayevaga keyingi oʻrin, gretsiyalik Juliya Granovidiga uchinchi oʻrin nasib etdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular