19:34 20 Iyul 2017
Efir
Otkrыtiye vыstavki Sokroviщa Nukusa

Moskvadagi "Nukus durdonalari" koʻrgazmasi namoyishi yana uch haftaga uzaytirildi

© Sputnik/ Vitaliy Belousov
Madaniyat
Havola olish
84 0 0

"Nukus durdonalari" koʻrgazmasi Moskvada 7 apreldan 10 maygacha boʻlib oʻtishi rejalashtirilgandi

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Moskvadagi A.S. Pushkin nomli Rossiya Davlat tasviriy sanʼat muzeyida tashkil etilgan Savitskiy nomli Qoraqalpoq Davlat sanʼat muzeyi eksponatlaridan iborat koʻrgazmaning namoyish muddati uzaytirildi. Bu haqda Rossiya Davlat tasviriy sanʼat muzeyi xabar berdi.

""Nukus durdonalari. Savitskiy nomli Qoraqalpoq Davlat sanʼat muzeyi eksponatlari toʻplamidan" nomli koʻrgazmaning namoyishi 30 mayga qadar uzaytirildi", — deyiladi muzey axborot xizmati xabarida.

Manbaning maʼlum qilishicha, koʻrgazma muddatining uzaytirilishiga unga boʻlgan qiziqishning yuqoriligi sabab boʻlgan.

Mazkur koʻrgazma Savitskiy muzeyining Rossiyadagi ilk koʻrgazmasi boʻlib, u Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi arafasida ochildi.

Koʻrgazmaga prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinlar ham tashrif buyurishdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular