Dmitriy Dujev O‘zbekistonda bo‘lajak aktor va rejissorlar uchun master-klass ko‘rsatdi

© Sputnik / StringerDmitriy Dujev
Dmitriy Dujev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik taniqli kino va teatr aktori, kinorejisser Dmitriy Dujev O‘zbekiston davlat va sanat instituti tinglovchilari uchun malaka oshirish darsini o‘tkazdi.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Bugun Toshkentda qisqa metrajli "U" nomli kinofilm taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Mazkur film Kanndagi 70-xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi.

Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik talaba suratga olgan film Kann kinofestivalida namoyish etiladi
Mazkur kinofilmda bosh qahramon rolini ijro etgan rossiyalik aktor, kinorejissor Dmitriy Dujev Toshkentga tashrif buyurdi. Dujev O‘zbekiston davlat va san’at instituti tinglovchilari uchun master-klass o‘tkazdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Dujevni institut ma’muriy binosi oldida ushbu film rejissori Muxlisa Azizova va Dujev bilan filmda birgalikda rol ijro etgan aktrisa Ra’no Shodiyeva hamda institut prorektori Davlat Mullajonov kutib oldilar.

Master-klass avvalida ishtirokchilarga "U" kinofilmi namoyish etildi. Dujev bilan uchrashuv 2 soatdan ortiq davom etdi. U aktorlik va rejissorlik kasbining ijobiy va salbiy tomonlari hamda ushbu kasb sirlari haqida o‘rtoqlashdi. Shaxsiy tajribasi haqida batafsil so‘zlab berdi.

Film fondi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek kinoijodkorlari Xitoy kinematograflari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli kino va teatr aktori, kinorejissor, "Brigada", "Jmurki", "Ostrov" kabi o‘nlab filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dujev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi Muhlisa Azizovaning ishchi nomi "U" (Ona) nomli yangi qisqa metrajli badiiy filmida suratga tushgan edi.

Filmda taniqli kinoaktrisa Ra’no Shodiyeva ham ishtirok etgan.

Muxlisa Azizovaning "U" nomli kartinasi Kann kinofestivaliga yuborilgan. Film bugungi kun kishilarining ma’naviy olami, hayotiy maqsadlari hamda muammolarini ilgari suradi.

Voqea markazida sevimli ayolining vafotidek og‘ir fojiani boshdan kechirgan inson tarixi gavdalanadi. O‘tmish xotiralari, hayotidagi qalb jarohatlari uni so‘nggi imkon sari boshlaydi.

"U" nomli kinofilmining taqdimoti bugun Toshkentda O‘zbekiston akademik rus drama teatrida bo‘lib o‘tadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0