Islom Karimovning eng yaxshi portreti uchun tanlov e’lon qilindi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Uzbekistan Islam Karimov
Prezident Respubliki Uzbekistan Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov shartiga ko‘ra, unda professional rassomlar ishtirok etishlari mumkin

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston San’at akademiyasi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning eng yaxshi portreti uchun tanlov e’lon qildi.

Tanlov shartiga ko‘ra, unda professional rassomlar ishtirok etishlari mumkin. Rasmlarning o‘lchamlari erkin tanlanadi.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovga haykal yasash tanlovida Ilhom Jabborov g‘olib bo‘ldi

Tayyor ishlar shu yilning 31-iyuliga qadar Toshkent shahri, Istiqbol ko‘chasi, 4-uyda joylashgan Toshkent fotografiya uyida qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston San’at akademiyasining mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Ilgariroq Islom Karimovning haykalini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan va unda haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib bo‘lgandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0