Toshkent shahrida Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik ochildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishToshkent shahri
Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir chog‘ida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etilgan "O‘zbek-turkman manzumasi" she’rini o‘qib berdi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Toshkent shahrida ulug‘ turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik ochildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanboshi Mirziyoyevga "jannat" tulporini sovg‘a qildi
Tadbirda mamlakatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari, turli milliy madaniyat markazlari vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, san’atkorlar, talabalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston madaniyat vaziri M.Murodov, Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, Turkmaniston Respublikasining mamlakatimizdagi Muvaqqat ishlari vakili O.Xummiyev va boshqalar o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, ahillik, qalb va madaniyat yaqinligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik rivojiga asos bo‘layotganini, Maxtumqulining ikki xalq do‘stligini mustahkamlashdagi xizmatlari beqiyos ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyevning shu yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganining yaqqol isboti bo‘ldi.

Mazkur tashrif davomida Amudaryoda qurilgan Turkmanobod-Farab avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari, ushbu shaharda O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi markaziy ko‘cha va yodgorlik majmuasi ochilgan edi.

O‘zbekiston prezidentining Turkmanistonga birinchi rasmiy tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Turkmanboshi Mirziyoyevdan eng yaxshi tuhfa oldi
Tashrif arafasida poytaxtdagi eng ko‘rkam va go‘zal ko‘chalardan biriga Maxtumquli nomi berildi. Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilida chop etilgan "Elingga baxsh ayla" kitobini sovg‘a qildi. Bularning barchasi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi qo‘shnichilik va qardoshlik tamoyillari asosida rivojlanib borayotganini yorqin namoyon etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan shu yilning 19-20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lishi mazkur oliy darajadagi muloqotning mantiqiy davomidir. Ushbu tashrif oldidan Toshkent shahrida atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomidagi ko‘cha va unga bag‘ishlangan me’moriy yodgorlik ochilishi O‘zbekistonning qardosh va birodar turkman xalqiga yuksak hurmat va e’tiborining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Monumental yodgorlik muallifi — xorazmlik yosh haykaltarosh Jasvand Annazarov.

Turkmanistondagi Kaspiy dengizi sohili - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bolalari Turkmanistondagi dengiz sohilida dam olishmoqda
"Maxtumqulining Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida tahsil olgani, buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyni o‘ziga ustoz bilgani xalqlarimiz o‘rtasidagi abadiy do‘stlikning ajoyib namunasidir, — deydi Toshkent shahar turkman milliy madaniyat markazi raisining o‘rinbosari Bibisora Rajapova. — Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1996-yil 28-noyabrda Maxtumquli bobomiz bir paytlar o‘qib voyaga yetgan shahar — Xivada unga muhtasham haykal o‘rnatilgan edi. Mana, bugun azim poytaxtimiz markazidagi ko‘chaga Maxtumqulining nomi berilishi va ul zotning yodgorligi qad rostlagani o‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi yangi, yanada yuksak darajaga ko‘tarilayotganini anglatadi".

Toshkent shahridagi ko‘chalarning biri - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning Turkmanistonga safari oldidan markaziy ko‘chaga buyuk turkman shoiri nomi berildi
"2014 yili mamlakatimizda ham Maxtumquli tavalludining 290-yilligi keng nishonlangan, o‘zbek maktablarida shoir ijodi keng o‘rganilmoqda, olimlarimiz tadqiqotlar olib bormoqda, — deydi adabiyotshunos olim, Maxtumquli asarlari tarjimoni Ergash Ochilov. — Shoir asarlari kirib bormagan o‘zbek xonadoni kam, to‘y-tadbirlarimiz Maxtumquli qo‘shiqlarisiz o‘tmaydi. Bugun ulug‘ turkman shoiriga shunday oliy darajada hurmat-e’tibor ko‘rsatilayotgani xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanayotganining amaliy ifodasidir.

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etilgan "O‘zbek-turkman manzumasi" she’rini o‘qib berdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari Maxtumquli she’rlaridan namunalar o‘qidi, shoir she’rlari bilan aytilgan qo‘shiqlar ijro etildi.

Maxtumquli yodgorligi poyi gullarga burkandi.

Yangiliklar lentasi
0