15:18 15 Dekabr 2017
Efir
Na pokaze mod v Tashkente Zolotaya osen-2016 dizaynerы predstavili kollektsiyu detskoy odejdы Deti protiv voynы

Toshkentda bolalar modasi festivali oʻtkaziladi

© NUZ.UZ
Madaniyat
Havola olish
133 0 0

Festivalda 2,5 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan yosh modellar tomonidan 60 nafar dizaynerning 42 ta kollektsiyasi namoyish etiladi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. 29 may kuni Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan "Bolajonlar — shirintoylar" bolalar moda festivali oʻz ishini boshlaydi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga loyiha tashabbuskorlari.

Ushbu festivalda bolalar modasi sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mahoratli va yosh dizaynerlar oʻzlarining kichkintoylarga moʻljallangan yorqin va qiziqarli liboslar toʻplamlarini namoyish etishadi. Bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan, zamonaviy tendentsiya va milliy anʼanalarimizni oʻzida mujassam etgan rang-barang va bejirim liboslar toʻplamlari keng omma eʼtiboriga havola etiladi.

Festival Fashion Industry show, #beyoung for baby, Gala-fashion show dasturlarini oʻz ichiga olib, 1 iyun kunigacha davom etadi.

"Tantana" va "Fashion Lab" bolalar ijodiy studiyalarining yosh modellari, shuningdek, "Kolibri" art-byurosi va "Oltin qanot" moda maktabi tarbiyalanuvchilari turfa rangdagi bejirim va nafis liboslarni namoyish qilishga tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Festivalda 450 dan ortiq libos namunalari namoyish etiladi. Kollektsiyalar tanlovi uch bosqichda oʻtkazildi. Tanlov natijalariga koʻra 60 dizaynerning 42 ta liboslar toʻplami saralab olindi. Dizaynerlar kollektsiyasi 2,5 yoshdan 13 yoshgacha  boʻlgan180 dan ortiq yosh moddellar tomonidan namoyish etiladi.

Festival birinchi qismi — Fashion Industry showda yetakchi mahalliy tikuvchilik korxonalari tomonidan tayyorlangan bolalar uchun mavsumiy toʻplamlar namoyish etiladi. #beyoung for baby defilesida dizayner yoʻnalishidagi oliygohlar talabalari, kollej oʻquvchilari, shuningdek, alohida faoliyat yuritayotgan dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyish qilinadi.

Gala-fashion show dasturida bolalar modasi sohasidagi barcha oʻzbek dizaynerlarning gala namoyishi oʻtkaziladi. Shundan soʻng, estrada yulduzlari ishtirokida ajoyib shou kontsert boʻlib oʻtadi. Shuningdek, festivalga bolalar modasi sohasini rivojlantirish va kelgusida hamkorlik qilishni kengaytirish maqsadida Frantsiya tikuvchilik akademiyasi delegatsiyasi taklif qilingan.

Festival yakunida laureatlarni diplomlar va qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

"Bolajonlar — shirintoylar" bolalar moda festivali bolalar liboslari yaratuvchilari va ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida aloqalarni kengaytirish, bolalar modasini rivojlantirishga yordam beradi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular