Leonardo Di Kaprio Qirg‘istonga kelishi mumkin...

© MARK RALSTON / AFPAkter Leonardo Di Kaprio
Akter Leonardo Di Kaprio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Germaniya tabiatni qo‘riqlash ittifoqi" mutaxassisi, geografiya fanlari nomzodi Mirlan Dildayev aytishiga qaraganda Gollivud akteri Leonardo Di Kaprio Qirg‘istonga kelishi mumkin.

Sputnik radiosi bilan bo‘lgan suhbatda Dildayev Avgust oyining ikkinchi yarmida Qirg‘izistonda "Qor qoplonini himoya qilish sammiti" bo‘lib o‘tishini xabar qildi. "2013 yilda yuo‘lib o‘tgan sammitda biz ko‘plab taniqli kishilarga xat yozgan edik, lekin ko‘pchillik o‘zining zich ish jadvali tufayli kela olmagan edi", — dedi Dildayev.

"Bu yilgi sammit avgust oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi.Tashkiliy ishlardan uncha xabarim yo‘qku-ya, lekin Gollivud kino yulduzi Leonardo Di Kaprio kelishi kerak. U qoplon va morol kabi yovvoyi hayvonlarni himoya qilish faoliyatini juda kuchli qo‘llab-quvvatlaydi",- dedi mutaxassis.

Uning so‘zlariga qaraganda, sammit qor qoploni yashaydigan 12 mamlakat vakillari, davlat rahbarlarining ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini xalqaro donorlik, tabiatni qo‘riqlash va ilmiy tashkilotlar hatti-harakatlari bilan birlashtirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2010-yilning 25-noyabrida Gollivud yulduzi Sankt-Peterburgga yo‘lbarslarni himoya qilishga bag‘ishlangan forumda ishtirok etgan edi. O‘shanda Di Kaprioga Nyu Yorkdan Sankt-Peterburrga uchish uchun uchta samolyot almashtirishiga to‘g‘ri kelgan. Birinchi samolyotning dvigatellaridan biri yonib ketgani uchun u aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan, ikkinchisining yonilg‘isi vaqtidan oldin tugab qolgani uchun Xelsinkiga qo‘nishga majbur bo‘lgan. O‘sha forumda ishtirok etgan Vladimir Putin Di Kaprio bilan uchrashib, uning matonatiga qoyil ekanini ta’kidlagan edi.

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin va Di Kaprio uchrashuvi
Vstrecha Vladimira Putina i Leonardo Di Kaprio v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin va Di Kaprio uchrashuvi
Yangiliklar lentasi
0