Toshkentda taniqli dijeylar ishtirokida Dance Music Fest festival o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
Toshkentdagi "Turkiston" saroyining yozgi sahnasida ilk bor "xaus" uslubida dijeylar festivali bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Turkiston saroyining yozgi maydonida 2017-yil 30-iyun va 1-iyul kunlari "xaus" uslubidagi dijeylar festivali bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbir Art Uz Promotion Agency agentligi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Festivalda maxsus mehmon sifatida turkiyalik dijey Burak Yeter va Rossiyaning Swanky Tunes dijeylar guruhi ishtirok etadi.

Swanky Tunes dijeylar guruhi Miami Music Week 2012 anjumanida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Guruh hisobida 50 dan ortiq qo‘shiqlar va 30 ga yaqin remiks qo‘shiqlar mavjud.

Festivalda O‘zbekistonda eng iqtidorli va yetakchi bo‘lgan dijeylar ishtirok etadi. Maxsus mehmonlar tomonidan eng yaxshi dijey tanlab olinadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0