Lola Karimova Mirzo Ulug‘bek filmi premyerasi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi

© FacebookFoto s premyeri kinolenti «Ulugbek. Chelovek, raskrivshiy tayni Vselennoy”
Foto s premyeri kinolenti «Ulugbek. Chelovek, raskrivshiy tayni Vselennoy” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rejissor Bahodir Yuldoshev tomonidan suratga olingan "Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" tarixiy hujjatli filmining premyerasi “The Club des leaders” xalqaro jamiyatning Shveysariyadagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Kecha Jenevada "Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" tarixiy hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Film namoyishi "The Club des leaders" xalqaro jamiyatning Shveysariyadagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi. 

"Ushbu kinolentani bugun e’tiboringizga havola etish men uchun katta sharaf. XV asrda, Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrda Samarqand astronomiya, matematika va geometriya sohalarida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar xalqaro markaziga aylandi. Bu buyuk inson, yetuk olim va adolatli hukmdor shaxsi bolaligimdan meni o‘ziga maftun etgan edi. Uning hikoyasi zamondoshlarimiz e’tiboriga havola etilishi lozim," — deya ta’kidladi Lola Karimova-Tillyayeva filmning taqdimotida.

 

Rejissor Bahodir Yuldoshev ushbu kinokartinada XV asrning buyuk astronomi hamda Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayotidagi fojialar, mushkulotlar va zafarlarni aks ettirishga harakat qilgan.

Sohibqiron Amir Temurning nevarasi bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek dunyo ilm-fanida o‘chmas iz qoldirgan. Samarqand uning hukmronligi davrida astronomiya sohasida tadqiqotlar o‘tkaziladigan xalqaro markazga aylandi. Ulug‘bek bunyod ettirgan muazzam rasadxonada o‘z davrining peshqadam olimu fuzalolari jam bo‘lgan edi.

Alloma tartib bergan astronomiya jadvalida 1118 ta yulduzning holati va joylashuvi mufassal bayon etilgan. U hisoblab chiqqan yil uzunligi natijalari esa zamonaviy hisob-kitoblardan atigi 25 soniyaga farqlanadi. Buyuk olim, shuningdek, Yer sayyorasi o‘qining og‘ish burchagi 23,52 gradusni tashkil etishini aniqladi, ushbu ilmiy natija ham hozirga qadar eng aniq ko‘rsatkich deya e’tirof etiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0