Amerikaning "Starlifter" musiqiy guruhi Toshkentda konsert beradi

© AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi matbuot-xizmati“Starlifter” guruhi
“Starlifter” guruhi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"29 iyun kuni Chilonzorda bo‘ladigan konsertga yozilish uchun ism-sharifingiz, tug‘ilgan sana, pasport seriya va raqamingizni 27-iyun kechki soat 6 dan kechikmay Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga yuborishingiz mumkin

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Amerikaning "Starlifter" musiqiy guruhi shu yil 24-iyun — 2-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot-xizmati.

MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIVda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi
Ushbu guruh yetti nafar iqtidorli musiqachidan tashkil topgan bo‘lib, u rok, pop, jazz, kantri musiqalari, shuningdek, zamonaviy va an’anaviy qo‘shiqlarni ijro etadi.

Xabarga ko‘ra, 29-iyun kuni soat 18:30 da, "Starlifter" AQSh elchixonasining Chilonzor tumanidagi avvalgi binosida jamoatchilik uchun konsert namoyish etadi. 30-iyun kuni, guruh "Hyatt Regency Hotel"da AQSh Mustaqillik kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanali qabul marosimda ham qatnashadi. O‘zbekistonlik chog‘ida guruh vakillari yoshlar va ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qiladi.

"Starlifter" a’zolari quyidagilar: Jastin Lyuis (koordinator), Anneke Bentli (vokal), Denver Merfi (vokal), Jozia Joys (gitara), Ran Janus (pianino), Joshua Holdrij (bas), Joshua Dik (nog‘orachi) va Daniel MakKou (audio muhandis).

"Starlifter" AQSh Havo kuchlari qo‘llab-quvvatlaydigan musiqiy guruhning tarkibiy qismi hisoblanadi. Illinoysdagi Skot harbiy havo bazasida qaror topgan ushbu guruh butun dunyo bo‘ylab konsertlar namoyish etib kelmoqda.

"29 iyun kuni Chilonzorda bo‘ladigan konsertga yozilish uchun ism-sharifingiz, tug‘ilgan sana, pasport seriya va raqamingizni 27-iyun kechki soat 6 dan kechikmay Tashkent-Program@state.gov elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Ro‘yxatga kiritilganlik haqida elektron pochta orqali xabar beriladi, deyiladi elchixona xabarida.

Yangiliklar lentasi
0