21:29 26 Iyul 2017
Efir
Bardы vo vremya vыstupleniya na festivale avtorskoy pesni

Xonandalar "Oʻzbekkontsert"dan litsenziya olish uchun jonli kuylab beradilar

© Sputnik/ Vladimir Vyatkin
Madaniyat
Havola olish
75860

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qoʻshiqlar ijrochilariga litsenziya beriladi.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Avvallari xonandalar oʻz qoʻshiqlarini diskka yozdirib, qoʻshiq matnlarini ilova qilgan boʻlsalar, endilikda “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasiga kelib oʻz repertuarlaridagi qoʻshiqlarni ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar (shoir, bastakor hamda ustoz xonandalar) tarkibidan iborat guruhga jonli ijroda kuylash orqali taqdim etadilar. Bu haqda “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabar qildi.

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qoʻshiqlar ijrochilariga litsenziya beriladi.

Muassasaning maʼlum qilishicha, Ijodiy vakillar guruhining kuni kecha boʻlib oʻtgan navbatdagi Kengash yigʻilishida 32 nafar litsenziatning qoʻshiqlari Kengash aʼzolari oldida jonli ravishda tinglandi.

Litsenziya olmoqchi boʻlgan yosh ijrochi ijodkorlarga hamda keng ommaga litsenziya berish, Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi oldida jonli ijroda oʻz ijodiy salohiyatini namoyish etish oshkora oʻtishini taʼminlash maqsadida ommaviy axborot vositalari jalb etildi.

Asosiy mavzular