05:18 25 Noyabr 2017
Efir
Apple Park

Apple Park - Stiv Jobsning soʻnggi mahsuloti

© Lovi Moment
Madaniyat
Havola olish
101910

Stiv Jobs yangi majmuani kamroq ofisga va koʻproq tabiat qoʻynidagi boshpanaga oʻxshash boʻlishini xoxlagan ekan.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Stiv Jobsning shaxsan ishtirokida yaratilgan eng soʻnggi mahsulot dunyoga taqdim etilish arafiasida turibdi. Uning nomi Apple Park. Yaʼni dunyoga mashhur kompaniya uchun yangi ofis majmuasi. Kompaniya rasmiy xabariga koʻra, bugungi kunda Kuppertinoda 30 ta binoda ijarada turgan kompaniya xodimlarini Apple 2018 yilning aprel oyidan boshlab yangi ofisga koʻchira boshlaydi.

Apple ning yangi ofisi haqidagi dastlabki maʼlumot 2006 yilda paydo boʻlgan edi. Uning dastlabki nomi Apple  Campus 2 boʻlgan. Yangi majmua loyihasi 2006-2011 yillar orasida Stiv Jobs dunyoning dunyoning yetakchi meʼmorlarini bilan birgalikda ishlab chiqqan.

Aytishlariga qaraganda, Stiv Jobsning shaxsan oʻzi yangi loyihaning har bir mayda-chuyda detaligacha aralashgan. Bino tashqi koʻrinishidan tortib, oynalar orasida necha millimetr boʻlishi, binoning umumiy balandligi, pol qoplamasi va uning atrof muhitga bilan qanday moslashuviga ham juda katta eʼtibor berilgan. Xususan Apple Campus 2 binolarining 4 qavatdan baland boʻlmasligi ham Jobsning niyati boʻlgan.

Apple Campus 2 qurilishi uchun Kuppertino shahrida 70 gektar industrial maydonni sotib oladi. Oldin sanoat binolari, parkovkalar joylashgan hudud mutlaq oʻzgartirib yuboriladi. Asosiy oʻzgarishlar chiroyli manzarali bogʻlar yaratish va tabiat muhitga eʼzozli boʻlgan texnologiyalarni qoʻllashdan iborat boʻlganligi bugungi kunda yaqqol koʻzga tashlanadi.

Apple Park
Apple Park

Umiy hisobda 13 ming kishiga moʻljallangan yangi ofisning keyinchalik Aplle Park deb atalishi ham bejiz emas, chunki uning hududining 80 % yashil bogʻlar bilan qoplangan. Oldingi yer usti parkovkalarining 90% oʻrniga butun dunyodan keltirilgan 7 mingdan ortiq daraxtlar ekilgan.

Ofis atrofidagi park hududi piyodalar va velosipedchilar yoʻlaklari bilan qoplangan. Ofis ishchilari bir joydan ikkinchi joyga yetib olishlari uchun 1000 dona velosipedlar majvud. Shuningdek Apple park hududida Fitnes tsentr, 14 ming avtomobil uchun yer osti va koʻp qavatli parkovkalar mavjud.

Yangi majmua faqat qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan foydalanadi. Ofis binolarining va garajlarning barchasining tomida quyosh nurini elektr tokiga aylantiriuvchi moslamalar oʻrnatilgan.  Undan tashqari biogaz yordamida ishlaydigan ekologik toza alohida elektr stantsiyasi qurilgan. Shuningdek yangi ofis binosi yilning 9 oyi davomida isitish va sovutishni moslamalaridan foydalanishni talab qilmaydi.

Steve Jobs Theater

Shuningdek Apple Park hududida 700 kishiga moʻljallangan prezentatsiyalar zali ham joylashgan. Uning nomi Steve Jobs Theatr.  Balandligi 7 metr, diametri 50  metr boʻlgan bino dekorlari oynadan qurilgan.

Bugungi kunda Apple park binosi qurilishining oxirgi bosqichlari yakunlanmoqda. Dronlardan olingan videoga koʻra u haqiqatdan ham dunyodagi eng yaxshi ofis binosi boʻlishi mumkin. Uning qiymati 5 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

P.S. Twitter foydalanuvchisi Mirnes Kovac Apple Park binosini qadimiga Bogʻdod shahriga oʻxshash tomonlarini topgan va quyidagi rasmni joylashtirgan. Esingizda boʻlsa Stiv Jobsning otasi Yaqin Sharqdan (Suriya) AQShga kelgan mehnat migranti boʻlgan.

Asosiy mavzular