13:12 22 Sentyabr 2017
Efir
Lola Karimova-Tillyayeva na vruchenii premii The Best Award v Parije

Lola Karimova-Tillayeva ajoyib xushxabar bilan boʻlishdi

© Facebook
Madaniyat
Havola olish
762180

"Ulugʻbek. Osmon toqiga qoʻyilgan narvon" filmi xalqaro kinofestivalda gʻolib boʻldi

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Lola Karimova-Tillayeva oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Ulugʻbek. Osmon toqiga qoʻyilgan narvon" filmi xalqaro kinofestivalda gʻolib boʻlganini maʼlum qildi.

"Italiyaning Iskya orolida boʻlib oʻtgan xalqaro kinofestivalda "Ulugʻbek. Osmon toqiga qoʻyilgan narvon" nomli kinolentamiz "Eng yaxshi hujjatli film" nominatsiyasida gʻolib boʻlganini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz.

Ushbu hujjatli film astronomiya va geometriya fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk mutafakkir Mirzo Ulugʻbek hayoti haqida hikoya qiladi. Dunyoning turli mamlakatlaridagi, turli yoshdagi insonlar filmni tomosha qilib, Vatanimizning buyuk oʻgʻloni haqidagi hikoya bilan tanishgach, hayratlanib tasanno aytganlarida qalbimni toʻldiradigan hislarni soʻz bilan ifodalab berish qiyin.

Ijodiy guruhimizni ushbu nufuzli mukofot bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Filmning yaratilishida prodyuserlar sifatida ishtirok etib, asrlar davomida insonlarni hayratga solib kelayotgan ushbu tarixiy voqeani dunyo ahliga havola etish umr yoʻldoshim bilan menga nasib etgani biz uchun katta sharaf", deb yozadi u.

Asosiy mavzular