20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Kinoplenka

“Oʻzbekkino” ishlab chiqaradigan badiiy va multfilmlar soni oshiriladi

© Pixabay
Madaniyat
Havola olish
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)
99 0 0

“Oʻzbekkino” milliy agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqariladigan badiiy filmlar sonini 2018 yilda 20 ta, 2020 yilda 30 taga, multiplikatsion filmlar sonini esa 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boshlab 50 taga yetkazish rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 3 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taniqli madaniyat namoyandalari, atoqli shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa sanʼati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, sanʼatshunos olimlar, jurnalistlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “Oʻzbekfilm”, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyalarini taʼmirlash, ularning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, eng zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashni koʻzda tutadigan Prezident qarori tayyorlanayotgani eʼlon qilindi.

Bu hujjatga koʻra, “Oʻzbekkino” milliy agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqariladigan badiiy filmlar sonini 2018 yilda 20 ta, 2020 yilda 30 taga, multiplikatsion filmlar sonini esa 2018 yilda 15 ta, 2022 yildan boshlab 50 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Agentlik huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tuziladi.

Mavzu:
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)

Asosiy mavzular