Toshkent markazida "Navro‘z" nomli yangi bog‘ paydo bo‘ladi

© SputnikPark Anxor-Lokomotiv v Tashkente
Park Anxor-Lokomotiv v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi bog‘ning asosiy xususiyatlari 7-avgust kuni prezident tomonidan tasdiqlandi. "Navro‘z" bog‘i O‘zbekiston Milliy banki va "O‘zbekiston Temir yo‘llari" AJ mablag‘lari hisobidan quriladi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Toshkentda "Navro‘z" nomli yangi bog‘ qurish loyihasi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Park v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘zsuv kanali bo‘yida bog‘ barpo etiladi

Yangi quriladigan bog‘ning asosiy xususiyatlari 7-avgust kuni prezident tomonidan tasdiqlandi. Bog‘ qurilishi uchun maxsus "Navro‘z bog‘i" nomli boshqaruv kompaniyasi tashkil qilindi. Tashkilotning nizom kapitali O‘zbekiston Milliy banki, "O‘zbekiston Temir yo‘llari" AJ mablag‘lari hisobidan teng miqdorda belgilandi. Temir yo‘l kompaniyasi mablag‘i 10 mln dollar miqdordagi "Turonbank" kreditidan iborat bo‘ladi.

Bo‘lajak "Navro‘z" bog‘i O‘zbekistonda birinchi o‘ziga xos bog‘ bo‘lib, u mahalliy aholi va chet ellik sayyohlarga o‘zbeklar hayoti, madaniyati va urf-odatlari haqida hikoya qilib beradi. Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘oya O‘zbekiston prezidenti tomonidan aprel oyida taklif qiliangan edi.

Yangi bog‘ zamonaviy etnopark uslubida quriladi va shu bilan bir vaqtda unda u Temuriylar davridagi o‘zbek bog‘dorchilik an’analaridan ham aks ettiriladi. Bog‘ ochiq havoda joylashgan haqiqiy muzeyga aylanishi kerak.  Bu yerda O‘zbekiston tabiati, an’anaviy choyxonalar, usta va hunarmandlar rastalari joylashadi.

Loyihani amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida unga 2020-yilning 1-yanvariga qadar bir qator soliq imtiyozlari beriladi. Undan tashqari "Navro‘z bog‘i" nomli boshqaruv korxonasi bir umrga yagona ijtimoiy soliq, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilinadi.

Toshkent shahar hokimiyati 10-sentabrga qadar yangi bog‘ qurilishi uchun joy ajratishi kerak. Ushbu maqsadda bo‘lajak bog‘ hududida bo‘lgan fuqaro uylari ham boshqa joylarga ko‘chilirili mumkin, lekin barcha ko‘chirilgan jismoniy va yuridik shaxslar yetkizilgan zarar uchun tovon puli olishadi.

Yangiliklar lentasi
0