Madaniyat vaziri O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga rektorlik ham qiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan muayan yutuqlarga erishilgani bilan birga, bir qator jiddiy kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yilgan

TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi.

Gosudarstvennaya konservatoriya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga eski binosi qaytarib beriladi

Hujjatda aytilishicha, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan akademik va milliy musiqa san’ati yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv-pedagogik va ilmiy-ijodiy ishlarni tashkil etish borasida muayan yutuqlarga erishilgani bilan birga, bir qator jiddiy kamchilik va nuqsonlarga ham yo‘l qo‘yilgan.

Musiqa san’atini har tomonlama rivojlantirish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa san’atining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

O‘zbek xalqining milliy musiqiy merosi va jahon musiqa madaniyati durdonalari negizida musiqa san’atini rivojlantirish, musiqiy ta’lim tizimini sifat jihatidan yanada ko‘tarish, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, konsert zallari, auditoriyalar va maxsus xonalarni ta’mirlash va zamon talablari darajasida jihozlash, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yosh pedagog kadrlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida zarur maishiy sharoitlar yaratish, ipoteka kreditlari asosida uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora- tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi.

Konservatoriyaning maqomi va nufuzini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rektori hisoblanishi belgilab qo‘yildi.

Qarorning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0