O‘zbekiston har yili 2 milliard so‘mga san’at asarlari sotib oladi

© Foto iz lichnogo arxiva Mayram KuzibayevoyKartina xudojnika Kuzibayeva "Alisher Navoi i sultan Xuseyn Baykaro"
Kartina xudojnika Kuzibayeva Alisher Navoi i sultan Xuseyn Baykaro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaysi asarlar xarid qilishga munosib ekanini Madaniyat vazirligi tomonidan maxsus saylanadigan Badiiy ekspertlar kengashi hal qiladi.

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. 2018-yildan boshlab O‘zbekiston san’at asarlari sotib olishga har yili 2 milliard so‘mdan ajratadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu choralar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida"gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

Mustaqillik yillarida yaratilgan, badiiy qiymati yuqori bo‘lgan san’at asarlarini sotib olish Davlat budjeti hamda "O‘zvinosanoatxolding" hisobidan amalga oshiriladi. 2019-yildan boshlab ushbu maqsad uchun ajratilayotgan mablag‘ eng kam ish haqi miqdori o‘sishiga qarab oshirib boriladi.

San’at muzeyida 20ga yaqin eksponatlar restavratsiya qilinmoqda

Aynan qaysi san’at asarlari xarid qilishga munosib ekanini Madaniyat vazirligi tomonidan saylanadigan Badiiy ekspertlar kengashi hal qiladi.

O‘z navbatida madaniyat va san’at sohasida ishlayotganlar ham qo‘shimcha rag‘batlantirilmoqda. 2018-yilning 1-yanvaridan ularga beriladigan imtiyozlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zolariga beriladigan imtiyozlar bilan tenglashtirildi. Xususan, san’at sohasida faoliyat yuritayotganlar har oy eng kam ish haqqining 4 baravari miqdorida qo‘shimcha tpul mablag‘lari olishadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi uchun yana bir quvonchli hol — Akademiya yaqin orada Kamoliddin Behzod nomli Milliy rassomlik va dizayn instituti ichida joylashgan yangi binoga ko‘chib o‘tadi. Ushbu binoda rassomlar ijodi uchun ustaxonalar ham mavjud.

Yangiliklar lentasi
0