Rayhon G‘aniyeva Star of Asia mukofoti sovrindori bo‘ldi

© Sputnik / StringerRayxon Ganiyeva
Rayxon Ganiyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonanda bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida xabar qilgan

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Xonanda Rayhon G‘aniyeva Qozog‘istonda o‘tkazilgan  Star of Asia festivali sovrindoriga aylandi.

Xonanda bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, musiqiy shou to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali Yer sharining 118ta davlatiga translyatsiya qilingan. Bu esa butun Yevropa, Osiyo va Amerika deganidir.

Qozog‘iston24 nashri ma’lumotiga ko‘ra, ulkan meteorit ko‘rinishida yasalgan sahnada O‘zbekiston, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlardan ham xonandalar chiqishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0